Logo

«Asia Alliance Bank» ATB Avstriyaning Raiffeisen Bank International bankidan 9,1 mln AQSH dollari jalb qilmoqda

Bugun 17:441 daqiqa

«Asia Alliance Bank» ATB biznes uchun xalqaro moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. 2026-yil 13-oktabrda bank Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG (RBI) banki bilan Avstriya eksport-kredit agentligi (OeKB) qoplamasi asosida 9,1 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb qilish bo‘yicha «Shopping Line» kelishuvini imzoladi.

«Asia Alliance Bank» ATB Avstriyaning Raiffeisen Bank International bankidan 9,1 mln AQSH dollari jalb qilmoqda

Mazkur kelishuv quyidagi moliyaviy imkoniyatlarni yaratadi:

•  Qulay shartlarda moliyalashtirish — kredit liniyasi Avstriyada va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar importini moliyalashtirishga mo‘ljallangan.

•  Bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash — Yevropaning yetakchi moliya institutidan mablag‘ jalb qilinishi bankning moliyalashtirish manbalari tarkibini diversifikatsiya qiladi.

•  Ishonchli transchegaraviy hisob-kitoblar — kelishuv RBI bilan mavjud hamkorlikni mustahkamlaydi. Bank RBIda yevro (EUR) va AQSH dollari (USD)da ochilgan korrespondentlik hisobvaraqlariga ega bo‘lib, ular banklararo to‘lovlarni tezkor amalga oshirish imkonini beradi.

Raiffeisen Bank International AG (RBI) — bosh qarorgohi Venada joylashgan xalqaro bank guruhi bo‘lib, Markaziy va Sharqiy Yevropada korporativ va investitsiya bank xizmatlari hamda biznesni moliyalashtirish sohasida yetakchilardan biri hisoblanadi.

«Asia Alliance Bank» ATB xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

www.aab.uz  

 

Teglar

Mavzuga oid