Logo

Bahodir Jo‘rayev «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Bugun 10:351 daqiqa

Jo‘rayev yangi lavozimda 23-noyabr kuni energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdumalik Nazirov o‘rnini egalladi.

Bahodir Jo‘rayev «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi etib tayinlandi © Energetika vazirligi

Bahodir Ibragimovich Jo‘rayev «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Yangi lavozimda u 23-noyabr kuni energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdumalik Nazirov o‘rnini egalladi. Bunga qadar Jo‘rayev 2023-yilning iyulidan buyon «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mehnat faoliyati

Bahodir Jo‘rayev 1966-yil 3-dekabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent davlat politexnika institutini elektr stansiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U 2006−2009-yillarda «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik jamiyati «Navoiy IES» ochiq aksiyadorlik jamiyati direktori, 2009−2013-yillarda Navoiy shahar hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi va «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatida ham qator lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov lavozimidan ozod qilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid