Eron bilan urush AQSHga qanchaga tushadi? «Epik g‘azab»ning bahosi
AQSH prezidenti Donald Trampning «Epik g‘azab» operatsiyasi Eronning harbiy qudratini yakson qilishni ko‘zlagan. Biroq bir kunlik harbiy harakatlar uchun 779 million dollar sarflanishi va murakkab raketa tizimlarining tugab borayotgani Vashingtonni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga birgalikda bergan aviazarbalari natijasida AQSH va Eron o‘rtasidagi uzoq davom etayotgan qarama-qarshilik yangi bosqichga chiqdi va bu ochiq harbiy harakatlarning boshlanishini anglatadi.
AQSH prezidenti Donald Tramp harbiy harakatlar to‘rt-besh hafta davom etishi mumkinligiga ishora qilar ekan, biz Vashington Yaqin Sharqdagi yangi urush yukini ko‘tara oladimi yoki yo‘qmi, shuningdek, bu yakunda qanchaga tushishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
«Epik g‘azab» operatsiyasi
28-fevral kuni Tramp «Truth Social» tarmog‘ida e’lon qilgan sakkiz daqiqalik videomurojaatida AQSHning Eron hududidagi jangovar harakatlarda ishtirok etganini tasdiqladi.
Keyinchalik Pentagon mazkur missiyaga «Epik g‘azab» operatsiyasi deb nom berilganini ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, maqsad «Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini ta’minlash»dir.
«Biz ularning raketalarini yo‘q qilamiz va raketa sanoatini yer bilan yakson qilamiz. U butunlay vayron qilinadi», deya qo‘shimcha qildi u.
AQSH harbiylari operatsiya boshlanganidan beri Erondagi 1250 dan ortiq nishonga zarba berganini ma’lum qildi. AQSH harbiylarining Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) alohida bayonotida Eronning 11 ta kemasiga zarba berilib, ular yo‘q qilinganini bildirdi.
Xabarlarga ko‘ra, operatsiya doirasida aviazarbalar berilgan, dengizdan qanotli raketalar uchirilgan, shuningdek, yadroviy inshootlar va Eron mudofaa tizimiga aloqador yuqori martabali shaxslarga qarshi muvofiqlashtirilgan hujumlar amalga oshirilgan.
1989 yildan beri mamlakatni boshqarib kelgan Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Хоминaи AQSH va Isroil zarbalarining birinchi to‘lqinida halok bo‘ldi.
2 mart kuni Tramp urushni qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga va’da berib, u bir necha haftaga cho‘zilishi mumkinligini taxmin qildi. Dushanba holatiga ko‘ra, Eron Qizil Yarim Oy jamiyati mamlakatning 130 ta hududida 555 kishi halok bo‘lganini ma’lum қилгaн.
AQSH 2023 yildan beri Isroil va Yaqin Sharqda qancha mablag‘ sarfladi?
Braun universitetining 2025 yilgi «Urush xarajatlari» hisobotiga ko‘ra, 2023 yil 7 октaбрdan buyon AQSH Isroilga qariyb 21,7 milliard dollarlik harbiy yordam taqdim etgan.
Bundan tashqari, amerikalik soliq to‘lovchilar AQSHning Yaman, Eron va butun Yaqin Sharqda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan operatsiyalarini moliyalashtirgan va buning xarajati 9,65 milliard dollardan 12,07 milliard dollargacha yetgan.
Bu esa AQSHning mazkur mojaro bilan bog‘liq umumiy xarajatlarini 31,35 milliard dollardan 33,77 milliard dollargacha oshirdi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.
Eron urushиda qanday qurol tizimlaridan foydalanilmoqda?
CENTCOM Eron ichkarisidagi 1000 dan ortiq nishonga havo, dengiz va quruqlikdagi 20 dan ortiq turli tizimlar, shuningdek, raketa mudofaasi kuchlari yordamida zarba berilganini ta’kidlamoqda.
«Hozirda AQSH va Isroilning asosiy e’tibori Eronning vayronkor hujumlarni davom ettirish imkonini beruvchi hujum salohiyatini iloji boricha tezroq zaiflashtirish yoki yo‘qqa chiqarishga qaratilgan. Maqsad – bu hujumlarni to‘xtatish yoki hech bo‘lmaganda imkon qadar kamaytirishdir», - dedi CENTCOM operatsiyalari bo‘yicha sobiq direktor Kevin Donegan «Al-Jazira» telekanaliga.
Urushda қўллaнилгaн qurol tizimlarining ayrimlari quyidagilar:
Harbiy-havo kuchlari:
Harbiy harakatlar davomida asosan AQSH aviatsiyasiga tayanildi, jumladan:
· B-1: Bombardimonchi samolyotlar;
· B-2 «Stels»: Asosiy yadroviy va harbiy infratuzilmalarga zarba berish maqsadida ishlatilgan bombardimonchi samolyotlar;
· F-35 Lightning II va F-22 Raptor: Zamonaviy «stels» rusumidagi qiruvchi samolyotlar;
· F-15: Keng miqyosda qo‘llanilgan qiruvchi samolyotlar (1-mart kuni Kuvayt osmonidagi hodisa oqibatida ulardan uchtasi yo‘qotilgan);
· F-16 Fighting Falcon, F/A-18 Super Hornet va A-10: Zarba berish va boshqa kuchlarni qo‘llab-quvvatlash vazifalarini bajargani tasdiqlangan hujumkor samolyotlar;
· EA-18G Growler: Elektron hujum uyushtirish va dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini ishdan chiqarish uchun qo‘llanilgan.Erta ogohlantirish va boshqarish aviatsion tizimlari (AWACS): qo‘mondonlik, nazorat va jang maydonini boshqarishni ta’minlamoqda.
Dronlar va uzoq masofaga zarba beruvchi tizimlar
Operatsiya doirasida uchuvchisiz tizimlar va raketa artilleriyasi ham qo‘llanilmoqda:
· LUCAS dronlari: Eron loyihalari asosida yaratilgan ushbu «arzon uchuvchisiz jangovar hujum tizimi» (kamikadze dronlari) jangovar sharoitda birinchi marta qo‘llanilmoqda;
· MQ-9 Reaper dronlari: kuzatuv va aniq zarba berish vazifalarida faol ishtirok etmoqda;
· M-142 (HIMARS): Yuqori harakatchan artilleriya raketa tizimlari (quruqlikdagi raketa artilleriyasi);
· Tomahawk qanotli raketalari: Harbiy-dengiz kuchlari kemalaridan uchirilgan.
Raketa mudofaa tizimlari
· «Patriot» tutib oluvchi raketa tizimlari va THAAD (Yuqori balandlikdagi mudofaa tizimi): Eronning ballistik raketalari va dronlarini tutib olish uchun ishlatilmoqda
· Dronlarga qarshi tizimlar.
Harbiy-dengiz qudrati
· «USS Gerald R Ford» va «USS Abraham Lincoln» boshchiligidagi ikkita aviatashuvchi zarba berish guruhi: dengizda ulkan qudratni ta’minlamoqda
· P-8 Poseidon: dengizda kuzatuv va razvedka ishlarini olib bormoqda
· Yuk va yonilg‘i tashuvchi samolyotlar: C-17 Globemaster, C-130 Hercules va havoda yonilg‘i quyuvchi turli samolyotlar logistika va ta’minotni uzluksiz amalga oshirmoqda.
Eron bilan urush AQSHga qanchaga tushishi mumkin?
Davom etayotgan harbiy kampaniyaning umumiy qiymatini oldindan aytish qiyin. Ekspertlarning fikricha, yangi urush yakunda AQSH uchun qanchaga tushishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta.
«Pentagon bu ma’lumotni e’lon qilmagan, shuning uchun biz faqat taxmin qilishimiz mumkin... ammo bu yerda juda ko‘p o‘zgaruvchan omillar bor, biz alohida qurollar qiymatini, operatsiyalar, xususan, harbiy-dengiz operatsiyalari xarajatlarini taxmin qilishimiz mumkin», dedi Stimson markazining katta ilmiy xodimi Kristofer Prebl «Al-Jazira» telekanaliga.
«Anadolu» axborot agentligi hisobotlariga ko‘ra, AQSH «Epik g‘azab» operatsiyasining dastlabki 24 soati ichida taxminan 779 million dollar sarflagan bo‘lishi mumkin.
Zarbadan oldingi harbiy tayyorgarlik, jumladan, samolyotlarni qayta joylashtirish, o‘ndan ortiq harbiy-dengiz kemalarini safarbar etish va mintaqaviy zaxiralarni jalb qilish qo‘shimcha 630 million dollarga tushgan deb baholanmoqda.
Yangi Amerika xavfsizligi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, «USS Gerald R Ford» kabi aviatashuvchi zarba berish guruhini boshqarish kuniga taxminan 6,5 million dollarga tushadi.
Shuningdek, texnika yo‘qotishlari bilan bog‘liq xarajatlar ham mavjud.
Kuvaytda kamida uchta AQSH qiruvchi samolyoti urib tushirilgan.
Ammo ekspertlarning ta’kidlashicha, eng katta muammo moliyaviy barqarorlik emas, balki qurol-yarog‘ zaxirasi bo‘lishi mumkin.
«Xarajatlar nuqtai nazaridan bunga bardosh bersa bo‘ladi. Ya’ni, AQSHda trillion dollarlik mudofaa budjeti bor va uni 1,5 trillion dollarga yetkazish so‘ralgan. Men buni dahshatli deb hisoblayman, ammo prezident bunga qaror qilgan», dedi Prebl.
«Shunday qilib, bir trillion dollar ko‘p narsaga yetadi. Asosiy masala AQSH arsenalidagi qurollarning, ayniqsa, tutib oluvchi raketalarning — ballistik raketalarni tutib olish uchun ishlatiladigan Patriot yoki SM-6 kabi standart raketalarning haqiqiy zaxirasi qanchaligidadir».
Prebl raketalarni tutib olishning yuqori sur’atlari cheksiz davom eta olmasligidan ogohlantirdi.
«Hozirgi operatsiyalar sur’ati, ya’ni tutib olingan raketalar soni bo‘yicha, albatta, cheksiz davom eta olmaydi va ehtimol, bir necha haftadan ortiqqa cho‘zilmasligi mumkin, deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri», dedi u.
Uning qayd etishicha, iyun oyida Eron bilan bo‘lib o‘tgan 12 kunlik mojaro davomida ham shunga o‘xshash xavotirlar yuzaga kelgan va o‘shanda AQSH hamda Isroil kuchlarida tutib oluvchi raketalar zaxirasi tugab borayotgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi. Shundan beri ayrim zaxiralar to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, tutib oluvchi raketalar boshqa hududlar uchun ham mo‘ljallangan.
«Ushbu tutib oluvchi raketalarning bir qismi Rossiya zarbalariga qarshi turish uchun Ukrainaga yuborilishi kerak edi. Ba’zilari Osiyoda, Hind-Tinch okeani mintaqasida qo‘llaniladi. Ular o‘sha yerda kutilmagan holatlar yuz bergudek bo‘lsa, juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun, bu qurollarni ushbu mintaqalardan olib ketish ma’lum xavotirlarni keltirib chiqaradi», dedi Prebl.
Ularning o‘rnini to‘ldirish esa tez fursatda amalga oshmaydi.
«Patriot yoki SM-6 raketalari... o‘ta murakkab tizimlardir. Ular kuniga yuzlab yoki minglab dona ishlab chiqarilmaydi. Ishlab chiqarish sur’ati u qadar yuqori emas», — deya qo‘shimcha qildi u.





