add

Futbol bo‘yicha JCH-2026 uchun qimmat chiptalar: FIFA «xiyonat»da ayblanmoqda

Kecha 20:428022 daqiqa

Football Supporters Europe muxlislar tashkiloti hozirgi narxlarni «tovlamachilik» deb atadi.

Futbol bo‘yicha JCH-2026 uchun qimmat chiptalar: FIFA «xiyonat»da ayblanmoqda

Jahon bo‘ylab futbol ishqibozlari 2026 yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan chipta narxlaridan tashvishda. 11-dekabrda narxlar ma’lum bo‘lgach, FIFA «ulkan xiyonat»da ayblandi. Tashkilot avvalroq 60 dollarlik chiptalar haqida bayonot bergan bo‘lsa-da, amaldagi narxlar bu summadan bir necha barobar yuqori ekani ayon bo‘ldi.

FIFA milliy assotsiatsiyalarga jamoa ishtirokidagi o‘yinlar uchun chiptalarning 8 foizini ajratadi, ular esa bu chiptalarni eng sodiq muxlislarga sotishi lozim. Germaniya futbol federatsiyasi e’lon qilgan ro‘yxatda guruh bosqichi uchrashuvlariga chiptalar 180–700 dollar oralig‘ida, final uchun esa 4185–8680 dollar oralig‘ida belgilangan.

Bu narxlar FIFAning avvalgi arzon chiptalar haqidagi va’dalaridan keskin farq qiladi. AQSH rasmiylari 7 yil avval guruh bosqichi uchun 21 dollarlik yuz minglab o‘rinlarni taqdim etish niyatini bildirgan edi. Yevropa muxlislari tashkiloti Football Supporters Europe bu narxlarni «tovlamachilik» deb atab, FIFAni chempionat an’analari va muxlislar hissasini mensimaslikda aybladi.

Sentyabr oyida FIFA chiptalar 60 dollardan 6730 dollargacha bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan, biroq birinchi marta dinamik narxlash joriy etilishi natijasida narxlar yuqori o‘zgarishi ehtimoli kuchaygan. Federatsiya e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya – Kyurasao uchrashuviga eng arzon chipta 180 dollar, yarim final uchun esa 920 dollardan boshlanadi.

FCE FIFAni milliy assotsiatsiyalar orqali chipta sotishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, FIFA chipta sotuvining uchinchi bosqichini boshlab, muxlislarga «Tasodifiy tanlov qur’asi» orqali aniq o‘yinlarga ariza berish imkonini ochdi. AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan turnir taqvimi yangilangach, ishtirokchi davlatlar guruhlarga ajratildi va ularning yo‘li belgilab berildi.

Muxlislarga ariza bergan o‘yinlariga chipta olish kafolatlanmaydi. Har bir oila bir o‘yin uchun to‘rtta, butun turnir uchun 40 ta chiptagacha ariza topshirishi mumkin. FIFA ID orqali tanlov amalga oshiriladi, natijalar fevralda e’lon qilinadi va to‘lovlar avtomatik tarzda yechiladi.

Teglar

Mavzuga oid