add

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 97,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi

Ushbu ish o‘rinlari hududlarda 47,3 mingga yaqin yangi savdo va servis ob’ektlari ishga tushishi hisobiga yaratilgan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 97,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi

O‘zbekistonda xizmatlar sohasida 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida jami 2 mln 48,4 ming nafar aholi daromadli mehnat bilan band qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, doimiy ishga joylashtirish hisobiga 528 ming nafar, tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga 1 mln 498,3 ming nafar hamda norasmiy ish o‘rinlarini rasmiy sektorga o‘tkazish hisobiga 22,1 ming nafar aholi band bo‘lgan.

Hududlarda jami 47,3 mingga yaqin yangi savdo va servis ob’ektlari ishga tushirilishi natijasida 97,4 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu jumladan, chakana savdoda 19,2 mingta, maishiy xizmatda 5,5 mingta, ta’lim va tibbiyot sohalarida 2,8 mingta, umumiy ovqatlanish sohasida 2,5 mingta, turizmda 636 ta hamda 16,6 mingdan ziyod boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 722,1 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oshgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 97,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi | Vaqt.uz