Logo

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi maktab va universitetga bordi

Bugun 15:361 daqiqa

Administratsiya rahbari ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari o‘zida katta qiziqish uyg‘otganini aytdi.

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi maktab va universitetga bordi © Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbul shahrida joylashgan Ibn Xaldun universiteti va «Yenidog‘u» maktabiga bordi. Unga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an hamrohlik qilgan.

Mirziyoyevaning yozishicha, ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari unda katta qiziqish uyg‘otgan.

«Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan», — deydi u.

Administratsiya boshlig‘i ta’lim sohasi — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim qirralaridan biri ekanini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi.

Teglar

Mavzuga oid