Logo

Saudiya Arabistonidagi hujumlardan keyin ham O‘zbekistonning Jidda va Madinaga parvozlari davom etmoqda

Bugun 12:101 daqiqa

Ar-Riyod xalqaro aeroportiga bir hafta ichida uchinchi hujum uyushtirildi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 309 kishi yaralandi. «Uzbekistan Airways» esa Toshkentdan Jidda va Madinaga parvozlar tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilayotganini bildirdi.

Saudiya Arabistonidagi hujumlardan keyin ham O‘zbekistonning Jidda va Madinaga parvozlari davom etmoqda © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Saudiya Arabistonidagi Ar-Riyod xalqaro aeroportiga 10-oktabr kuni uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 309 kishi yaralandi. Shunga qaramay, «Uzbekistan Airways» 11-oktabr kuni Toshkentdan Jidda va Madinaga parvozlar tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Reuters xabariga ko‘ra, bu bir hafta ichida aeroportga qilingan uchinchi hujum hisoblanadi. Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar Saudiya Arabistoni, ikki nafar Bangladesh fuqarosi, shuningdek, AQSH, Iordaniya, Falastin, Suriya, Sudan va Misr fuqarolari bor. Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda.

Vaziyatdan xabardor manbaning Reuters’ga aytishicha, kasalxonalar tez yordam mashinalari va vertolyotlarda olib kelingan yaradorlar bilan to‘lib ketgan.

«Uzbekistan Airways» esa 11-oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent—Jidda—Toshkent va Toshkent—Madina—Toshkent yo‘nalishlaridagi qatnovlar tasdiqlangan harakat jadvali asosida davom etayotganini bildirdi.

Aviakompaniya mintaqadagi vaziyatni doimiy kuzatib borayotgani va har bir parvoz oldidan dolzarb ma’lumotlar asosida xavf-xatarlarni baholayotganini qayd etdi. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining xavfsizligi parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi.

Qatnovlar jadvalida o‘zgarishlar yuz bersa, yo‘lovchilar bu haqda zudlik bilan xabardor qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonidagi hujumlardan keyin ham O‘zbekistonning Jidda va Madinaga parvozlari davom etmoqda | Vaqt.uz