Tarix va hunarmandchilik tutashgan makon: XVI asrga oid Baroqxon madrasasidan fotoreportaj

26.02.2026 | 06:252 daqiqa

«Xastimom» majmuasida joylashgan Baroqxon madrasasi bugun nafaqat o‘zining salobatli me’morchiligi bilan, balki milliy hunarmandchilik an’analarini o‘zida jamlagan jonli maskan sifatida ham e’tiborni tortadi. Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva asrlar sinovidan o‘tib, mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum bo‘lgan ushbu tarixiy yodgorlik bo‘ylab sayr qilib, uning bugungi nafasini kadrlarga muhrladi.

Tarix va hunarmandchilik tutashgan makon: XVI asrga oid Baroqxon madrasasidan fotoreportaj

Toshkentning tarixiy markazida qad rostlagan Baroqxon madrasasi XVI asrning o‘rtalarida (1531–1532-yillarda boshlanib, asr o‘rtalarida yakunlangan) Shayboniylar sulolasi vakili Navro‘z Ahmadxon xalq orasida Baroqxon nomi bilan mashhur hukmdor tomonidan bunyod etilgan. O‘zida Movarounnahr me’morchiligining eng go‘zal namunalarini, niliy gumbazlar va sirkor koshinlarni mujassam etgan bu bino necha asrlik ijtimoiy o‘zgarishlar, vayronkor zilzilalar va zamonlar evrilishiga qaramay, o‘zining asl qiyofasi va salobatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Madrasa peshtoqidagi murakkab geometrik va nabotiy naqshlar bugun ham o‘tmishning yuksak madaniyatidan, ota-bobolarimizning me’moriy salohiyatidan so‘zlab turadi.

Bugungi kunda madrasa tom ma’noda tarixiy va madaniy merosimizni tirik ushlab turgan o‘ziga xos ochiq osmon ostidagi san’at markaziga aylangan.

baroqxon 01

baroqxon 03

baroqxon 04

Vaqtida tolibi ilmlar dars qilgan mo‘’jaz hujralar endilikda mohir hunarmandlarning ustaxonalariga aylantirilgan. Bu yerda yog‘och o‘ymakorlari, naqqoshlar, xattotlar va miniatyura ustalari o‘zlarining ko‘z nurini berib yaratgan noyob asarlarini bevosita jarayon ustida namoyish etishadi. Qadimiy devorlar orasida milliy esdalik sovg‘alari, sirkor idishlar va ipakka tushirilgan tasvirlar savdosi qizg‘in davom etadi. Bu muhit qaysidir ma’noda bir necha asr orqaga qaytib, Qadimiy Ipak yo‘lidagi gavjum va qaynoq bozorni yodga soladi.

baroqxon 05

baroqxon 06

baroqxon 07

baroqxon 08

Aynan mana shu tarixiy aura va tirik harakat uyg‘unligi sababli ham Baroqxon madrasasi mahalliy va xorijiy sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan go‘shalardan biridir. O‘zbekistonning boy madaniyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagida kelgan xorijliklar ustalar ishini hayrat bilan kuzatsa, mahalliy ziyoratchilar majmuaning sokin fayzidan bahra oladi.

baroqxon 09

baroqxon 10

baroqxon 11

baroqxon 12

baroqxon 13

Har bir hujradan taralayotgan yog‘och isi, naqshlarning yorqin jilosi va majmua bo‘ylab turli tillarda yangrayotgan suhbatlar – bu yerda o‘tmish va bugunni yagona bir butunlikka aylantiradi. Obyektiv orqali kuzatuvchi uchun esa bu, shubhasiz, inson va tarix munosabatlarini ochib beruvchi bebaho vizual hikoyadir.

baroqxon 14

baroqxon 15

baroqxon 16

baroqxon 17

baroqxon 18

baroqxon 19

baroqxon 20

baroqxon 21

baroqxon 22

baroqxon 23

baroqxon 24

baroqxon 25

baroqxon 26

baroqxon 27

baroqxon 28

baroqxon 29

 

Teglar

Javhar Chorshanbiyeva

Javhar ChorshanbiyevaMaqolalar soni: 16

Barchasi

Mavzuga oid