Ilhom Aliyev rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi
Ularni prezident Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva kutib oldi.
© president.uzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva hamrohligida 23-avgust kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Sammit davomida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ilhom Aliyev O‘zbekistonga so‘nggi marta 2025-yil 15-noyabr kuni, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom Aliyev O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi.





