Logo

«Asia Alliance Bank» ATB xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda: BAAning eng yirik banki - First Abu Dhabi Bank (FAB) bilan kelishuv imzolandi

Bugun 19:381 daqiqa

Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan biznes tashrifi doirasida «Asia Alliance Bank» ATB vakillari mintaqaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri va Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik banki — First Abu Dhabi Bank (FAB) rahbariyati bilan muvaffaqiyatli uchrashuv o‘tkazdilar.

«Asia Alliance Bank» ATB xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda: BAAning eng yirik banki - First Abu Dhabi Bank (FAB) bilan kelishuv imzolandi

Muzokaralarning asosiy natijasi «Asia Alliance Bank» ATBning FAB bazasida Birlashgan Arab Amirliklari dirhami (AED)da korrespondent hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha strategik kelishuvning imzolanishi bo‘ldi.

First Abu Dhabi Bank bilan hamkorlik Bankning xalqaro korrespondentlik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Mazkur hisobvaraqning ochilishi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, mijozlar uchun transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirish tezligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, Yaqin Sharqdagi yetakchi moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Mazkur qadam «Asia Alliance Bank» ATBning global moliyaviy tizimga integratsiyalashuv va bankning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan izchil strategiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Teglar

Mavzuga oid