
«AVVAL IQTISOD...» #11: Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun, eskrou hisobvaraqlar va tartibga tushgan «Malika» bozori
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik iqtisodiy tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida DXSH asosida qurilayotgan maktab va bog‘chalar, 15 mln ma’lumotning o‘g‘irlanishi, omonatlar kafolati bo‘yicha qonun hamda boshqa mavzular tahlil qilindi.
Yangi tashabbusga ko‘ra davlat maktablari va bog‘chalarining foydalanilmay yotgan maydonlari DXSH asosida xususiy bog‘cha va maktablar qurish uchun ajratilib beriladi. Tashabbusning ijodkorlari kim? Bu qanday ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
15 mln O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlari darknetda tarqaldi. Lekin qator rasmiy idoralar (Statqo‘m, Soliq qo‘mitasi, Markaziy Bank) saqlanayotgan ma’lumotlar xavfsiz ekanini aytishmoqda. Ularning qay biriga ishonish va nima qilish kerak?
Eskrou hisobvaraqlar qachon ishga tushadi? Uni ishga tushirish uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritilishi lozimligi aytilmoqda.
Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun qayerda? Senatdami? Ë Qonunchilik palatasiga qaytganmi?
Senat yig‘ilishda renovatsiya hissasini hozirgi 15 foizdan 2040 yilga qadar 60 foizga yetkazish masalasi qo‘yilgan (raqamda hozir yiliga 15-18 ming kvartira renovatsiya hududlarida qurilayotgan bo‘lsa, 2040 yilda bu ko‘rsatkich 170 mingga chiqadi). Ya’ni, amalda renovatsiya jarayoni o‘zi qonunsiz amalga oshirilayotgani holatida, jarayon buyog‘iga karrasiga kengayadi. Qurilish uchun yer va makon ochishning eng asosiy richagi renovatsiya vositasida buzish bo‘ladi.
2025 yil 9-sentabrda Qonunchilik palatasi juda ko‘p bahs va munosazaralarga sabab bo‘layotgan «Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan edi. Shu kunning o‘zida qonun Senatga yuborilgani haqida rasmiy xabar berilgan.
Oradan 3 hafta o‘tib, 2025 yil 2-oktabrda Senatning tegishli qo‘mitasi bu qonunni muhokama qilgan. Shundan keyin qonunning keyingi taqdiri va mundarijasi haqida bironta ma’lumot chiqmagan.
Qonunning hozirgi maqomi qanday o‘zi?
Konstitutsiyaga ko‘ra, Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun 10 kun ichida Senat yuborilishi va Senat qonunni 60 kun ichida (18-noyabrgacha) ko‘chirib chiqishi kerak. Ya’ni, Konstitutsiyaga amal qilinsa, yo qonun imzoga kiritilgan yoki orqaga — Qonunchilik palatasiga qaytgan bo‘lishi lozim edi.
Omonatlar kafolati bo‘yicha qonun teskari kuchga egami? 2025 yil 19-fevralgacha omonat qo‘yganlar xavotirga tushishlari kerakmi? Omonatlarni kafolatlash agentligi qonunni to‘g‘ri talqin qilmoqdami?
Yashirin iqtisodiyot borasida Prezident tanqidiga uchragan «Malika» bozorida idjobiy o‘zgarishlar yuz bergani aytilmoqda. Xo‘sh, bu jarayon endi doimiy bo‘ladimi yoki vaqtinchalik? Toshkent shahridagi boshqa buyum bozorlari, xususan, «Abu Saxiy»da ham vaziyat iziga tushadimi?
Teglar





