add

Dog‘istonda 300 dan ortiq kishida suvdan zaharlanshi holati kuzatildi

12.07.2025 | 10:4025242

Dog‘istonning Magaramkent tumanida 300 dan ziyod kishi, asosan bolalar, ichak infeksiyasiga shubha qilingan holda shifoxonaga murojaat qildi. Voqea ichimlik suvidan zaharlanish bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Dog‘istonda 300 dan ortiq kishida suvdan zaharlanshi holati kuzatildi
Dog‘istonning Magaramkent tumanida so‘nggi uch kun ichida 302 kishi, shulardan 294 nafari bolalar, zaharlanish alomatlari bilan shifokorlarga murojaat qildi. Bu haqda respublikaning Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zaharlanish holati tuman markazidan 14 km uzoqlikda joylashgan «Djepelskiy» bulog‘i suvidan foydalanish natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shifokorlar hozirda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Yaroslav Glazov ushbu vaziyatni shaxsan nazoratga olgan. Shu paytgacha kasallik sabab 3 nafar bemor shifoxonadan chiqarilgan, 93 kishi hanuz davolanmoqda. Qolgan fuqarolarga faqat qaynatilgan yoki shishadagi suvdan foydalanish tavsiya qilindi. Vaziyatni bartaraf etish maqsadida tumanga 3 tonna natriy gipoxlorit yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi 9 iyul kuni tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi direktori Renat Xolidovni qo‘lga oldi. Unga nisbatan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Teglar

Mavzuga oid