
Isroil Xomanaiy bunkeri joylashgan hududni bombardimon qilmoqda
18.06.2025 | 20:4542582
Isroil Harbiy havo kuchlari Keroj shahriga havodan hujum uyushtirdi. Portlashlar Ali Xomanaiy yashiringan, deb taxmin qilingan bunker atrofida sodir bo‘ldi.

Isroil Eron poytaxti yaqinidagi Keroj shahriga hujum uyushtirdi, shahar aeroporti atrofida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «Fars» axborot agentligi ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Keroj aeroporti atrofida yuz bergan. Hozirda hodisa joyida favqulodda xizmatlar faoliyat olib bormoqda.
Isroilning "9-kanal" televideniyesi o‘zining Telegram kanalida xabar qilishicha, Isroil harbiy havo kuchlari Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning bunkeri joylashgan tumanni bombardimon qilmoqda. «Isroil HHK Tehronda Oyatulloh Xomanaiy bunkeri joylashgan tumanni bombardimon qilmoqda», deyiladi telekanal xabarida.





