add

Murabbiy qidirayotgan O‘zbekiston MTJ, sudlashayotgan o‘qituvchilar va ikki oltin koni auksionida g‘olib chiqqan xitoylar — 27 avgust dayjesti

27.08.2025 | 22:0031498

Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Murabbiy qidirayotgan O‘zbekiston MTJ, sudlashayotgan o‘qituvchilar va ikki oltin koni auksionida g‘olib chiqqan xitoylar — 27 avgust dayjesti
O‘qituvchilarning attestatsiya ishi sudda ko‘rib chiqildi Toshkentda besh nafar ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Maktbacha va maktab ta’limi vazirligini attestatsiya imtihonlaridagi kamchiliklar uchun sudga berdi. Ular imtihon jarayonida texnik nosozliklar, adolatsiz savollar, vaqtning noto‘g‘ri taqsimlanishi va hatto to‘g‘ri javobi yo‘q savollar uchraganini bildirdi. Shuningdek, «X varianti» savollari oldindan tarqatilgani haqida shubhalar aytildi. Sudda o‘qituvchilar imtihonlar qayta o‘tkazilishi, ma’naviy zarar hamda xarajatlar qoplanishini talab qildi. Advokat imtihon jarayonini tekshirish uchun vazirlikdan «log fayl»larni talab qildi, bu hujjatlar asosiy dalil bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Vazirlik esa ayblovlarni rad etib, savollar belgilangan talablarga javob berganini bildirdi. Sud ishni mustaqil ekspertlar ko‘magida o‘rganishga qaror qildi va keyingi majlis 4 sentyabrga belgilandi.   JCH-2026 oldidan: O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyligiga nomzodlar kimlar? O‘zbekiston milliy jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan O‘FA tajribali murabbiy izlashga kirishdi. Asosiy nomzodlardan biri sifatida Portugaliya va Janubiy Koreya termalarini boshqargan Paulu Bentu tilga olinmoqda. Shu bilan birga, Germaniyani 2014 yilda jahon chempioni qilgan Yoaxim Lyov ham taklif etilgan, ammo u rad javobini berdi. Lyovning rad etishiga shaxsiy sabablar, jumladan rafiqasining pozitsiyasi va Germaniyada tinch hayot kechirish istagi sabab bo‘lgani xabar qilindi. Shuningdek, Turkiya termasi sobiq ustozi Fatih Terim bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan. Xozirgi paytda Paulu Bentu O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.   O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatidan chetlatildi Toshkentda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston gandbol terma jamoasi musobaqadan chetlatildi. Osiyo gandbol federatsiyasi qarorga jamoa tarkibidagi ayrim o‘yinchilar hujjatlarida noaniqliklar aniqlanganini sabab qilib ko‘rsatdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning guruhdagi barcha natijalari bekor qilindi. O‘zbekiston gandbol federatsiyasi esa qarorga rozi emasligini bildirib, Xalqaro gandbol federatsiyasiga apellyatsiya xatini yo‘lladi. Federatsiyaning ta’kidlashicha, terma jamoa o‘z haq-huquqini qonuniy tarzda himoya qilish niyatida.   Toshkent viloyatida bir nechta hibsxona yopildi Ombudsman tashabbusi bilan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida Toshkent viloyatidagi bir nechta vaqtincha saqlash hibsxonalarida qonunbuzilish va sanitariya talablariga zid holatlar aniqlandi. Shu sababli Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi hibsxonalar faoliyati Ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Quyichirchiq tumani hibsxonasida shart-sharoitlar yaxshilanib, ventilyatsiya tizimi va sanitariya nuqtalari ta’mirlangan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ko‘rilgan choralar shaxslarni saqlash sharoitlarini qonunchilik va inson huquqlari talablariga moslashtirishga qaratilgan.   Uch haftalik xitoy kompaniyasi ikki oltin koni auksionida g‘olib chiqdi Avgust oyida ro‘yxatdan o‘tgan «Zhongcheng Mining» kompaniyasi ortidan bor-yo‘g‘i uch hafta o‘tib, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi ikki yirik oltin koni bo‘yicha auksionlarda g‘olib chiqdi. 26 avgust kuni Navoiy viloyatining «Oydinbuloq» uchastkasi uchun savdoda kompaniya 13,1 mlrd so‘m taklif qilib, boshlang‘ich narxdan uch barobar ko‘p summa taklif etdi. Bu yerda 1,3 tonna oltin va 7,1 tonna kumush zaxirasi borligi qayd etilgan. «Zhongcheng Mining» shuningdek 14 avgust kuni Buxoro viloyatidagi «Chettik» uchastkasi uchun ham 35,6 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqqan. Boshlang‘ich narxdan qariyb 9 barobar yuqori bo‘lgan bu lotdagi ehtimoliy oltin zaxiralari 4,57 tonna deb baholangan. Shu tariqa, atigi uch hafta avval tashkil etilgan kompaniya qisqa vaqt ichida ikki yirik kondan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.

Teglar

Mavzuga oid