add

«Oltin to‘p»–2025 uchun nomzodlar e’lon qilindi: Ro‘yxatda Messi yo‘q

07.08.2025 | 21:408753

Jahon futbolidagi eng nufuzli mukofotlardan biri — «Oltin to‘p» uchun nomzod futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

«Oltin to‘p»–2025 uchun nomzodlar e’lon qilindi: Ro‘yxatda Messi yo‘q
Fransiyaning mashhur France Football jurnali 2025 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun kurashadigan futbolchilar nomzodlarini e’lon qildi. Ushbu mukofotni topshirish marosimi joriy yil 22 sentyabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. E’tiborli tomoni, ushbu ro‘yxatda uzoq yillardan beri futbol olamida yetakchi bo‘lib kelayotgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi yulduzlar mavjud emas. Yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun jahonning turli mamlakatlaridagi yetakchi klublardan 30 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Ular orasida Kilian Mbappe («Real»), Erling Xolland («Manchester Siti»), Vinisius Junior («Real»), Xarri Keyn («Bavariya»), Jud Bellingem («Real»), Muhammad Salah («Liverpul»), Robert Levandovski («Barselona»), Lamin Yamal («Barselona») kabi futbolchilar bor. Nomzodlar ro‘yxatida PSJdan jami 9 nafar futbolchi kiritilgani diqqatga sazovor — ular orasida Dembele, Donnarumma, Hakimi, Nunu Mendesh, Vitinya va boshqalar bor. Shuningdek, «Arsenal», «Liverpul», «Inter» va «Barselona» singari jamoalardan ham bir necha futbolchilar mukofot uchun da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» sovrindori «Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri bo‘lgan edi.

Teglar

Mavzuga oid