O‘zbekiston aholi jon boshiga yuqori daromadga yetishi uchun bir asrdan ortiq vaqt talab qilinadi
12.08.2025 | 18:0028696
Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda aholi jon boshiga yuqori daromadga Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng oxirgi bo‘lib yetib bordi. Buning uchun kamida bir asr kerak bo‘ladi.

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy o‘sish jarayonlari haqida hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning (YAIM) o‘sish sur’ati yildan yilga kamayib borgan, faqat 2024 yilga kelib o‘tgan yilga nisbatan 0,2 foizga oshgan.
[caption id="attachment_12757" align="aligncenter" width="600"]
Infografika: Jahon banki[/caption]
Milliy statistika qo‘mitasining qayd qilishicha, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–iyun oylarida YAIM hajmi 807,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 7,2 foiz bo‘lgan. Biroq Jahon banki buni 5,9 foiz deb baholamoqda. Qaysi ma’lumotlar ishonarli ekanligi savol ostida qolmoqda.
[caption id="attachment_12758" align="aligncenter" width="640"]
Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Bu hali hammasi emas. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida aholi jon boshiga daromad bo‘yicha eng past o‘rinda turibdi. Uning yuqori daromad darajasiga chiqishi uchun 100 yildan ko‘proq vaqt ketishi prognoz qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 13,7 mln so‘mni tashkil qiladi. Yuqori daromadga chiqqan davlatlar reytingiga kirish uchun aholi jon boshiga kamida 14 ming dollardan (2023 yilga ko‘ra) mablag‘ tushishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlarida holat qanday?
[caption id="attachment_12760" align="aligncenter" width="600"]
Infografika: Jahon banki[/caption]
Yuqori daromad darajasiga Qozog‘iston va Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib yetishi kutilmoqda. Bu taxminan 28–30 yil vaqt olishi mumkin.
Keyingi o‘rinni esa Qirg‘iziston egallaydi, u taxminan 70 yilda yuqori daromad darajasidagi davlatlar ro‘yxatiga chiqa oladi.
O‘zbekiston va Tojikiston esa Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasida eng oxirgilardan bo‘lib natijaga erishadi. Aniqrog‘i, bu uchun 1 asrdan ko‘proq vaqt ketishi prognoz qilingan.
Nimaga ko‘ra baholanmoqda?
Jahon banki ushbu xulosaga so‘nggi 10 yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar asosida kelgan. Ayniqsa, Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondagi daromadlarning pasayishi va pandemiyadagi iqtisodiy tushishlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
«Agar daromadlarning (jon boshiga GNI) pandemiyadan keyingi davrdagi o‘rtacha o‘sishini olsak, unda jon boshiga daromadlar Qozog‘istonda 2026 yilning o‘zida 14 ming dollarlik darajadan o‘tadi. Shuningdek, Turkmaniston 2034 yilda, Tojikiston 2037 yilda, O‘zbekiston esa 2042 yilda bu bosqichdan o‘tishi mumkin. O‘zbekiston esa so‘nggi 4 yildagi o‘rtacha o‘sish bilan baribir mintaqada bu darajaga eng so‘nggi yetadi», — deb yozmoqda iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo bo‘yicha O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’ati eng past tezlashgan davlatlar qatorida ekanligi ma’lum qilingan edi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish 0,6 foiz bandga tezlashib 7,2 foizga yetgan. Solishtirish uchun: Qirg‘izistonda 3,6 foiz, Qozog‘istonda 3 foiz, Tojikistonda esa 1,9 foiz bandga tezlashgan.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.