add

O‘zbekiston tashqi savdosida yetakchi hamkorlar va eksportdagi oltin ta’siri

27.05.2025 | 10:4012523

O‘zbekistonning tashqi savdosida yirik o‘sish qayd etilgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkichda asosiy hissani oltin eksporti ta’minlamoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, ayrim davlatlar bilan savdo kengayayotgan bo‘lsa, boshqalari bilan pasayish kuzatilmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdosida yetakchi hamkorlar va eksportdagi oltin ta’siri
2025 yilning ilk to‘rt oyida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmida sezilarli o‘zgarishlar qayd etildi. Eksportning asosiy o‘sishi oltin hisobiga yuzaga kelgan bo‘lib, u tasniflanmagan davlatlarga yuborilgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlarga eksport 2,5 mlrd dollarga ortgan. Ushbu o‘sishning 2,1 mlrd dollari aynan oltin hisobiga to‘g‘ri keladi.   Tasniflanmagan davlatlardan tashqari, Rossiya, BAA, Afg‘oniston va Sloveniya kabi hamkorlar bilan eksport hajmida yuqori sur’atda o‘sish kuzatilmoqda. Rossiyaga eksport 196 mln dollarga oshgan bo‘lib, bu rublning kursi o‘zgarishi va mamlakatda import imkoniyatlarining cheklangani bilan bog‘liq. BAAga ham oz miqdorda oltin yuborilgani qayd etilgan. Afg‘onistonga esa elektr energiyasi, qayta ishlangan neft va quritilgan dukkaklilar hisobiga 103 mln dollarlik o‘sish kuzatilgan.   Shu bilan birga, ayrim hamkorlar bilan eksport hajmida pasayish kuzatilgan. Jumladan, Turkiyaga eksport 54 mln dollarga, Xitoyga 38 mln dollarga va Chexiyaga 10 mln dollarga kamaygan. Xitoy bilan savdodagi pasayish asosan ip-kalava va tozalangan mis kabi xomashyo mahsulotlari eksporti kamayishi orqali shakllangan.   Mirkonomika Bunday o‘zgarishlar asosan jahon bozoridagi talabning susayishi, valyuta kurslarining o‘zgarishi va ayrim tovarlarning narxlari tekislashuvi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Bu esa O‘zbekiston tashqi savdo siyosatining tezkor va maqsadli diversifikatsiya yo‘nalishlarini talab etayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi savdosida yetakchi hamkorlar va eksportdagi oltin ta’siri | Vaqt.uz