add

O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘ringa ko‘tarildi

28.08.2025 | 12:0019372

Global Peace Index 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 67-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 2 pog‘ona yuqori ko‘tarildi.

O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘ringa ko‘tarildi
Bu O‘zbekistondagi umumiy xavfsizlik va harbiylashuv darajasining nisbatan barqaror ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqotda jami 23 ta ko‘rsatkich — ichki va tashqi muammolar, jinoyatchilik, xavfsizlik, harbiylashuv darajasi hisobga olingan. Markaziy Osiyoda eng tinch davlat sifatida Qozog‘iston tan olingan — u 56-o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston 78-o‘rin, Tojikiston 79-o‘rin, Turkmaniston esa 87-o‘rinda qayd etilgan. Butun dunyo bo‘yicha esa Islandiya, Irlandiya va Yangi Zelandiya tinchlik bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ro‘yxatning eng oxirida Rossiya (163) va Ukraina (162) joylashgan. AQSH 128-o‘rinda turibdi. Hisobotda qayd etilishicha, global darajada tinchlik darajasi so‘nggi yillarda pasaygan. Bugun dunyoda 59 ta faol qurolli mojaro mavjud bo‘lib, Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori xavfli holat kuzatilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid