O‘zbekistonning eksport va importi: eng katta ulush kimda?
25.07.2025 | 18:2036408
Statistika agentligi 2025 yilning I yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarga yetganini ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 mlrd 123 mln dollarga ko‘paygan.

Tahlillarga ko‘ra, bu davrda eksport hajmi 29,1 foizga ko‘payib, 16,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Import esa 7 foizga o‘sib, 20,1 mlrd dollarga yetdi. Natijada tashqi savdoning defitsiti 3 mlrd 246 mln dollargacha qisqardi.
[caption id="attachment_10555" align="aligncenter" width="630"]
Infografika: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Tashqi savdoda xalqaro hamkorlar kim?
[caption id="attachment_10556" align="aligncenter" width="630"]
Jadval: Statistika qo‘mitasi[/caption]
O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 194 davlati bilan tashqi savdo aloqalarini olib bormoqda. 2025 yilning birinchi yarmida tashqi savdo aylanmasining eng katta ulushi Xitoy (17,7 foiz), Rossiya (16,3 foiz), Qozog‘iston (6,0 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Koreya Respublikasiga (2,3 foiz) to‘g‘ri keldi.
Eksport
Birinchi yarim yillikda eksport tarkibidagi tovarlar umumiy eksportning 76 foizini tashkil etgan. Ular orasida quyidagilar asosiy o‘rinni egallagan:

2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksportidagi asosiy savdo hamkorlari Rossiya (12,1 foiz), Xitoy (5,4 foiz), Qozog‘iston (4 foiz), Afg‘oniston (3,6 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,9 foiz), Birlashgan Arab Amirliklari (1,8 foiz), Qirg‘iziston (1,6 foiz), Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) bo‘ldi. Ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi 36,8 foizni tashkil etdi.
«Oy davomida oltinsiz eksport 16,1 foizga, oltin, energiya tovarlari hamda xizmatlarsiz eksport esa 15,8 foizga o‘sgan. Taqqoslash uchun, may oyida oltinsiz eksport 9,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, oltin, energiya tovarlari hamda xizmatlarsiz eksport 1,1 foizga qisqargan edi», — deb yozmoqda iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.
Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida O‘zbekiston tomonidan 355 mln dollarlik gaz eksport qilindi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,5 foizga ko‘p. Shu o‘rinda, 277 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari eksport qilinib, bu yo‘nalishda 1,9 foiz pasayish kuzatildi. Elektr energiyasi eksporti esa 100 mln dollarni tashkil etib, 52,5 foizga oshdi.
Import
O‘zbekistonning 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi import hajmi 20 mlrd 133 mln dollarga yetib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 7 foizga oshdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va transport uskunalari (32,9 foiz), sanoat mahsulotlari (16 foiz), hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
[caption id="attachment_10558" align="aligncenter" width="630"]

Umumiy importning 2/3 qismi 7 ta davlatdan amalga oshirilgan:

- Sanoat mahsulotlari — 10,9 foiz;
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 7,2 foiz;
- Kimyoviy moddalar va ularga o‘xshash mahsulotlar — 5,8 foiz;
- Mineral yoqilg‘i va moylash materiallari — 4,3 foiz;
- Turli xil tayyor buyumlar — 4,1 foiz.
Infografika: Statistika qo‘mitasi[/caption]
2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksportidagi asosiy savdo hamkorlari Rossiya (12,1 foiz), Xitoy (5,4 foiz), Qozog‘iston (4 foiz), Afg‘oniston (3,6 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,9 foiz), Birlashgan Arab Amirliklari (1,8 foiz), Qirg‘iziston (1,6 foiz), Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) bo‘ldi. Ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi 36,8 foizni tashkil etdi.
«Oy davomida oltinsiz eksport 16,1 foizga, oltin, energiya tovarlari hamda xizmatlarsiz eksport esa 15,8 foizga o‘sgan. Taqqoslash uchun, may oyida oltinsiz eksport 9,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, oltin, energiya tovarlari hamda xizmatlarsiz eksport 1,1 foizga qisqargan edi», — deb yozmoqda iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.
Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida O‘zbekiston tomonidan 355 mln dollarlik gaz eksport qilindi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,5 foizga ko‘p. Shu o‘rinda, 277 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari eksport qilinib, bu yo‘nalishda 1,9 foiz pasayish kuzatildi. Elektr energiyasi eksporti esa 100 mln dollarni tashkil etib, 52,5 foizga oshdi.
Import
O‘zbekistonning 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi import hajmi 20 mlrd 133 mln dollarga yetib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 7 foizga oshdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va transport uskunalari (32,9 foiz), sanoat mahsulotlari (16 foiz), hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
[caption id="attachment_10558" align="aligncenter" width="630"]
Infografika: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Umumiy importning 2/3 qismi 7 ta davlatdan amalga oshirilgan:
- Xitoy — 5 mlrd 650 mln dollar;
- Rossiya — 3 mlrd 977 mln dollar;
- Qozog‘iston — 1 mlrd 533,9 mln dollar;
- Turkiya — 832 mln dollar;
- Koreya Respublikasi — 816 mln dollar;
- Germaniya — 589 mln dollar;
- Hindiston — 539 mln dollar.