add

Shahram G‘iyosov kutilmaganda ringga chiqadi. Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

06.10.2025 | 21:2318943

Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Shahram G‘iyosov kutilmaganda ringga chiqadi. Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov 2025 yil 14 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. G‘iyosovning aytishicha, jang rejasiz va kutilmagan holda tashkil etilgan. Unga ko‘ra, raqib nomi yaqin vaqtlarda e’lon qilinadi. «Jangimiz to‘satdan chiqib qoldi. Xudo xohlasa, 14 noyabr kuni hammani «Humo Arena»da kutamiz. Asosiy kardda o‘zim bo‘laman. Ringga eng oxirgi bo‘lib chiqaman. Ya’ni, asosiy jang mening ishtirokimda bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, juda chiroyli jang bo‘lishi kerak. Yaqin orada raqib ham e’lon qilinadi. To‘satdan chiqdi, o‘ylanmay rozi bo‘ldim. Aks holda, yana AQSHga uchish kerak bo‘lardi», - dedi bokschi Instagram sahifasida. Ta’kidlanishicha, tadbir Lift Promotions kompaniyasi tomonidan uyushtiriladi. Professional boks oqshomida Shahram G‘iyosovdan tashqari Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullayev ham qatnashishi kutilmoqda. Bu bokschilar ham o‘z divizionlarida yuksak natijaga erishgan sportchilar hisoblanadi. G‘iyosov so‘nggi jangini 2025 yil 13 aprel kuni AQSHning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazgan edi. U argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi bahsda to‘rtinchi raunddagi ta’sirli zarba bilan g‘alaba qozongan.

Teglar

Mavzuga oid

Shahram G‘iyosov kutilmaganda ringga chiqadi. Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi | Vaqt.uz