add

Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrifini yakunlab, Toshkent shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Oq uyda prezident Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrifini yakunlab, Toshkent shahriga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev senator Stiv Deyns, kongressmenlar Kerol Miller, Bill Xayzenga va Sidni Kamlager-Dav bilan ham uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSH savdo vaziri Xovard Latnik, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek hamda “General Motors International” kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSH ishbilarmonlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv hamda muzokaralar yakunida qator ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrifini yakunlab, Toshkent shahriga jo‘nab ketdi | Vaqt.uz