Soliq qoidabuzarliklari haqida xabar berganlarga 3 mlrd so‘m mukofot puli berildi

24.02.2026 | 09:251 daqiqa

Yanvar oyi davomida fuqarolar yuborgan qariyb 12,5 mingta murojaat asosida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Soliq qoidabuzarliklari haqida xabar berganlarga 3 mlrd so‘m mukofot puli berildi

2026 yil yanvar oyida Soliq qo‘mitasiga sohaviy huquqbuzarliklar yuzasidan 12 486 ta murojaat kelib tushdi va ular asosida o‘tkazilgan tekshiruvlarda qonunbuzarliklarning 99 foizi tasdiqlandi.

Qo‘mita axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, murojaatlarning 1 739 tasi takroriy bo‘lgani yoki tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Qolgan murojaatlar asosida 5 198 ta sayyor soliq tekshiruvi tashkil etilgan.

Eng ko‘p murojaatlar

Tekshiruvlar natijasida deyarli barcha holatlarda qonunbuzarliklar aniqlangani tizim samaradorligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p murojaatlar xarid cheki bermaslik holatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunday shikoyatlar soni 10 879 tani tashkil etgan.

Shuningdek:

510 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

34 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

1 063 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari.

Qonunbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 4 782 ta holat bo‘yicha undirilgan jarima summasidan 20 foizi, ya’ni 3 milliard so‘m mukofot tariqasida berilgan.

Mazkur amaliyot soliq intizomini mustahkamlash va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid