add

Umerov Zelenskiyga amerikaliklar bilan o‘tkazilgan muzokaralar bo‘yicha hisobot berdi

Bugun 19:583772 daqiqa

Urushni tugatish va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha yangi hujjatlar tayyorlandi.

Umerov Zelenskiyga amerikaliklar bilan o‘tkazilgan muzokaralar bo‘yicha hisobot berdi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) kotibi Rustem Umerov uzoq davom etgan safardan so‘ng Kiyevga qaytdi va Bosh shtab boshlig‘i Andrey Gnatov bilan birgalikda Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiyga AQSH bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida hisobot berdi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon bir nechta hujjat loyihalari tayyorlangan.

«Xususan, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, tiklanish va ushbu urushni tugatishning asosiy negizlari bo‘yicha hujjatlar bor. bugungi kunda bandlar shunday qayd etildiki, bu urushni haqiqatda tugatish va Rossiyaning navbatdagi bosqinini oldini olish vazifasiga mos keladi. Muzokaralar va uchrashuvlarning har bir raundi Ukraina manfaatlari ta’minlanishiga xizmat qilmoqda va biz bu ishni aynan shunday konstruktiv tarzda davom ettiramiz», - deb yozdi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Vashington bilan muloqot davom etishini va Moskvaga bosim kuchayishini kutayotganini ta’kidladi.

Avvalroq, Ukraina OAVlari Umerov AQSHda nafaqat tinchlik muzokaralarini olib borgani, balki FQB rahbari Kesh Patel bilan ham uchrashgani haqida xabar bergan edi. OAVning yozishicha, bu tadbirkor Timur Mindich ishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda Umerov ham tilga olingan.

Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Floridada Amerika tomoni Ukraina va Rossiya delegatsiyalari bilan navbatma-navbat o‘tkazgan maslahatlashuvlarga kelsak, g‘arb matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar hududiy chegaralar va xavfsizlik kafolatlari masalasida boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Teglar

Mavzuga oid