add

Xalqaro sud amnistiya berilsa ham Putin bo‘yicha orderni bekor qilmoqchi emas

Kecha 21:391732 daqiqa

Xalqaro jinoyat sudi Vashingtonning tinchlik rejasida nazarda tutilgan umumiy amnistiya qabul qilingan taqdirda ham, Putin va Rossiya rasmiylariga chiqarilgan orderlar muhlati bekor bo‘lmasligini bildirdi.

Xalqaro sud amnistiya berilsa ham Putin bo‘yicha orderni bekor qilmoqchi emas

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan chiqarilgan hibsga olish orderi har qanday siyosiy kelishuvlardan mustaqil holda amal qilishini rasman tasdiqladi. Sudda ta’kidlanishicha, Vashington tomonidan Ukraina bo‘yicha ishlab chiqilgan tinchlik rejasida amnistiya moddasi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, u XJS qarorlariga ta’sir qilmaydi.

Bu haqda XJS bosh prokurori o‘rinbosari Najot Shamim Xon bildirib, orderni to‘xtatish yoki kechiktirish uchun BMT Xavfsizlik kengashining alohida rezolyutsiyasi talab etilishini ta’kidladi. «Hatto tinchlik kelishuvi tuzilsa ham, bu sud adolatining amal qilishini to‘xtatmaydi», — dedi u Rim statuti normalariga ishora qilib.

Putinga nisbatan order 2023 yilda chiqarilgan bo‘lib, XJS uni Ukrainadagi bosib olingan hududlardan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish va qator boshqa xalqaro jinoyatlarda ayblamoqda. Shu order doirasida bolalar ishlari bo‘yicha ombudsmen Mariya Lvova-Belova ham qidiruvga berilgan. Keyinchalik sud Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovni ham jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha hujjatlar e’lon qilgan.

Sudning yana bir prokurori Mame Mandiaye Nyanganing ta’kidlashicha, XJS nizomi siyosiy kelishuvlar yoki diplomatik shartnomalarni inobatga olmaydi — u faqat Rim statuti qoidalariga tayanadi.

Avvalroq AQSHning 28 punktdan iborat tinchlik rejasi matbuotga chiqib ketgan va unda «barcha tomonlarga to‘liq amnistiya» imkoniyati nazarda tutilgani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq keyinchalik Jenevalarda Ukraina delegatsiyasi bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng AQSH qisqartirilgan variantdan amnistiya bandini chiqarib tashlagani xabar qilindi.

Teglar

Mavzuga oid