Abdulla Abduqodirov yangi lavozimga tayinlandi

Бугун 18:151 дақиқа

U 2022-yildan buyon Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Abdulla Abduqodirov yangi lavozimga tayinlandi

Abdulla Mamasoatovich Abduqodirov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-86-son farmoni qabul qilindi.

Abdulla Abduqodirov iqtisodiyot sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi, iqtisodiyot fanlari doktori. U 2022-yildan buyon Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Moliya vazirining sobiq o‘rinbosari bo‘lgan Abdulla Abduqodirov jamoatchilik faoli sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolarga munosabat bildirib kelgan va OAVdagi tanqidiy-tahliliy chiqishlari bilan tanilgan.

Теглар

Мавзуга оид

Abdulla Abduqodirov yangi lavozimga tayinlandi | Vaqt.uz