Logo

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Бугун 16:151 дақиқа

16-17-iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga tashrif bilan buyuradi.

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi © cbs17.com

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida 16-17-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, «yashil» energetika va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish ham ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama platformalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturi doirasida Albaniya Prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya prezidenti ham O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид