Andijonda bank amaldori 40 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Бугун 09:251 дақиқа

Bank mansabdori kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan binoni tadbirkorga auksionsiz olib berish evaziga pora talab qilgan.

Andijonda bank amaldori 40 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi © DXX matbuot xizmati

Respublikadagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 40 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Shu imkoniyatdan foydalanib, shaxsiy manfaat yo‘lida noqonuniy harakatlarga qo‘l urgan.

Xizmat haqi

Xususan, Asaka tumanida joylashgan va umumiy qiymati 16,8 mlrd so‘mga baholangan xususiy tibbiyot markazining 4 qavatli binosi auksion savdosidan qaytganidan keyin, uning narxi sun’iy ravishda 12 mlrd so‘mga tushirilgan.

Mansabdor ushbu mulkni bank hisobidan rasmiylashtirib, mahalliy tadbirkorga auksionsiz, 7 yil muddatga foizsiz kredit asosida olib berish evaziga 90 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u 40 ming AQSH dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид