Logo

AQSH bir oylik tanaffusdan so‘ng Eronga yana zarba berdi

Bunga javoban Eron AQSHning Iordaniyadagi «Qirol Husayn» va «Al-Azraq» harbiy bazalariga raketa zarbalarini yo‘lladi.

AQSH bir oylik tanaffusdan so‘ng Eronga yana zarba berdi © Reuters

30-avgust kuni AQSH harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida joylashgan Eronning Larek orolidagi ikkita raketa qurilmasiga zarba berdi. Bu Vashingtonning iyul oyi oxiridan beri Eron hududiga bergan ilk ma’lum zarbasi bo‘ldi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) 31-avgustga o‘tar kechasi Iordaniyadagi AQSHning «Qirol Husayn» va «Al-Azraq» harbiy bazalariga ballistik raketalar bilan zarba berilganini ma’lum qildi. KSIR bu hujumni AQSHning Larak oroliga bergan zarbasiga javob sifatida baholadi.

AQSH harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, KSIR kuchlari Larak orolidan Hormuz bo‘g‘oziga dengiz minalarini yetkazib berish va raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rgan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi vakili Tim Xokins zarbalar aynan shu tahdidning oldini olish maqsadida berilganini bildirdi.

KSIR hujum oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgani va yaralanganini ma’lum qildi. Korpus AQSHga qarshi javob choralari ko‘rilishi va Vashington «jazolanishi»ni bildirdi.

Ho‘rmuzdagi xavf kuchaydi

Larak oroli Eron janubida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida joylashgan. Bo‘g‘oz jahon neft savdosi uchun muhim dengiz yo‘li hisoblanadi. Shu sababli bu hududdagi har qanday harbiy keskinlik xalqaro savdo va energiya bozorlariga ta’sir qilishi mumkin.

AQSH harbiylari zarbadan oldin Hormuz bo‘g‘ozidagi xalqaro kemalar harakatlanadigan yo‘llarni minalardan tozalash ishlarini yakunlaganini bildirgan. Prezident Donald Tramp esa yangi mina o‘rnatadigan har qanday kema yoki qayiq yo‘q qilinishidan ogohlantirgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi yangi zarbalar iyul oyi oxiridan beri nisbatan pasaygan harbiy qarama-qarshilikni yana kuchaytirdi. Vashington Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni oshirayotgan bir paytda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi nazorati masalasi mojaroning asosiy nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Теглар

Мавзуга оид