AQSHdan O‘zbekistonga keluvchilar soni 39 foizga oshgan

21.02.2026 | 16:271 дақиқа

Yanvar oyida 1 642 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

AQSHdan O‘zbekistonga keluvchilar soni 39 foizga oshgan

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonga AQSHdan kelgan turistlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,4 foizga ko‘paydi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bir oy davomida 1 642 nafar AQSH fuqarosi mamlakatga turistik maqsadlarda kirib kelgan.

Safar maqsadlari tahliliga ko‘ra, tashrif buyurganlarning asosiy qismi — 1 120 nafar — sayohat maqsadida kelgan.

Shuningdek, 269 nafar xizmat yuzasidan, 112 nafar o‘qish uchun, 133 nafar qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 6 nafar tijorat ishlari bo‘yicha va 2 nafar davolanish uchun tashrif qayd etilgan.

Shu bilan birga, 2026 yil boshida 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Ular orasida 796 nafar sayohat uchun, 135 nafar qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 25 nafar o‘qish uchun, 6 nafar xizmat yuzasidan va 2 nafar davolanish uchun borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH O‘zbekistonning ikkita kompaniyasiga viza berishni cheklaganligi haqida xabar bergan edik. Cheklovlar AQSHga noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ko‘maklashgan ikki viza xizmatlari kompaniyasining rahbarlari va yuqori lavozimdagi xodimlariga nisbatan qo‘llanilgan.

Теглар

Мавзуга оид