Logo

Ayrim mikromoliya tashkilotlarining har uchta kreditidan ikkitasi muammoli – Markaziy bank

Mikromoliya tashkilotining jami kredit qoldig‘i 18,64 trln so‘mga yetdi. Ayrim kompaniyalarda sof kreditlar jami aktivlarning 50 foizidan ko‘prog‘ini egallagan.

Ayrim mikromoliya tashkilotlarining har uchta kreditidan ikkitasi muammoli – Markaziy bank © Ijtimoiy tarmoqlar

2026-yilning 1-sentabr holatiga 138 ta mikromoliya tashkilotining (MMT) jami aktivlari bir yil ichida 9 trln so‘mdan 20,8 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning rasmiy ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, sof kreditlar hajmi ham 8,8 trln so‘mdan 18,1 trln so‘mga yetgan. Eng katta o‘sish TBC Creditda kuzatildi. Kompaniya aktivlari bir yil ichida 1,9 mlrd so‘mdan 1,5 trln so‘mga ko‘tarildi. Shu davrda sof kreditlar hajmi ham 1,1 trln so‘mni tashkil qilgan.

Aktivlari eng ko‘p oshgan mikromoliya tashkilotlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

MMT

2025-yil aktivlari

2026-yil aktivlari

Aktivlar o‘sishi

2026-yil sof kreditlari

NPL ulushi

TBC Credit

1,9 mlrd so‘m

1,5 trln so‘m

79,9 %

1,150 mlrd so‘m

0,6%

Community Microfinance

2 mlrd so‘m

285,7 mlrd so‘m

14 185%

267,4 mlrd so‘m

-

Bright Future Financing

2,1 mlrd so‘m

280,4 mlrd so‘m

13 252%

259,9 mlrd so‘m

-

Fundflow

2,0 mlrd so‘m

238,4 mlrd so‘m

11 820%

224,4 mlrd so‘m

-

Korona

5,7 mlrd so‘m

527,4 mlrd so‘m

9 152%

319,5 mlrd so‘m

5,7%

Urban Finance Solutions

2,1 mlrd so‘m

148,0 mlrd so‘m

6 948%

137,2 mlrd so‘m

-

Una Moliya

4,6 mlrd so‘m

111,2 mlrd so‘m

2 317%

55,7 mlrd so‘m

12,9%

Cash Point

4,6 mlrd so‘m

89,1 mlrd so‘m

1 844%

80,1 mlrd so‘m

3,2%

Aloqa Finance Development

11,9 mlrd so‘m

187,9 mlrd so‘m

1 482%

179,3 mlrd so‘m

2,2%

Apex Moliya

1,9 mlrd so‘m

29,3 mlrd so‘m

1 420%

21,7 mlrd so‘m

0,2%


Aktivlari eng tez o‘sgan keyingi tashkilotlar Community Microfinance, Bright Future Financing va Fundflow bo‘ldi. Ularning aktivlari qariyb 300 mlrd so‘mga yetdi.

Korona aktivlari esa 527,4 mlrd so‘mni tashkil etib, jadvaldagi tashkilotlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi.

Aktivlari tez o‘sgan ayrim tashkilotlarda muammoli kreditlar ulushi ham yuqori bo‘ldi. Masalan, Una Moliyada bu ko‘rsatkich 12,9 foiz, Koronada 5,7 foizni tashkil etdi. TBC Kreditda esa aktivlar keskin oshganiga qaramay, muammoli kreditlar ulushi 0,6 foiz bo‘ldi. O‘tgan oyda bu ko‘rsatkich 0,4% ni tashkil qilgandi.

Tashkilotlar aktivi 50 foizdan ko‘proq qisqardi

2026-yil 1-sentabr holatiga ayrim mikromoliya tashkilotlarining aktivlari bir yil ichida yarmidan ko‘proqqa kamaydi. Eng katta pasayish Yangi Financeda qayd etildi. Tashkilot aktivlari 143,9 mlrd so‘mdan 69,4 mlrd so‘mga tushib, 51,8 foizga qisqardi. Shunga qaramay, uning sof kreditlari hajmi 31,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Bunday salbiy ko‘rsatkichlar yil boshida Yangi Finance mikromoliya tashkiloti va Yangi bank’ning faoliyati to‘xtatilgani bilan bog‘liq.

MMT nomi

2025-yil aktivlari, mlrd so‘m

2026-yil aktivlari, mlrd so‘m

Aktivlar o‘zgarishi

2026-yil sof kreditlari, mlrd so‘m

NPL ulushi

Yangi Finance

143,9

69,4

−51,8%

31,8

28,4%

Farovon Hayot

11,6

7,0

−39,7%

5,4

30,0%

Poytaxt

3,8

2,3

−39,5%

1,2

37,6%

Istiqbol Invest Group

17,6

12,1

−31,3%

6,9

0,8%

Al Barot

20,9

14,5

−30,6%

11,8

3,3%

Pulman

178,0

132,4

−25,6%

92,4

10,0%

Kapital Plus

8,7

6,7

−23,0%

5,8

1,8%

Lime

8,5

6,6

−22,4%

4,0

31,0%

Easy Finans

52,4

41,1

−21,6%

39,3

0,0%

Zamondosh

58,9

46,7

−20,7%

41,4

5,1%

Aktivlari qisqarganiga qaramay, ayrim mikromoliya tashkilotlarida sof kreditlar jami aktivlarning katta qismini egallaydi. Masalan, Al Barotning 14,5 mlrd so‘mlik aktivlaridan 11,8 mlrd so‘mi, Farovon Hayotning 7 mlrd so‘mlik aktivlaridan esa 5,4 mlrd so‘mi sof kreditlarga to‘g‘ri keladi. Poytaxt mikromoliya tashkilotida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 2,3 mlrd va 1,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shunga o‘xshash holat Pulman, Zamondosh va Easy Finansda ham kuzatilgan. Ularning aktivlari 20–26 foizga qisqargan bo‘lsa-da, sof kreditlar hajmi Pulmanda 92,4 mlrd, Zamondoshda 41,4 mlrd va Easy Finansda 39,3 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Lime va Kapital Plusda esa sof kreditlar mos ravishda 4 mlrd va 5,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ayrim MMTlarda har uchinchi kredit muammoli

Aktivlar qisqarishi bilan birga, ayrim mikromoliya tashkilotlarida muammoli kreditlar ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda. 2026 yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistondagi 141 ta mikromoliya tashkilotining jami kredit qoldig‘i 18,64 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan 455,8 mlrd so‘mi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Sektorda umumiy NPL ulushi avgustdagi 2,6% dan 2,4% ga tushgan. 

Biroq tashkilotlar kesimidagi ko‘rsatkichlar bir-biridan farq qiladi. Aktivlari qisqargan MMTlar orasida Poytaxtda muammoli kreditlar ulushi 37,6 foizga yetgan. Limeda bu ko‘rsatkich 31 foiz, Farovon Hayotda 30 foiz, Yangi Financeda esa 28,4 foizni tashkil etgan.

Ayrim tashkilotlarda esa muammoli kreditlar ulushi ancha past bo‘lgan. Masalan, Istiqbol Invest Groupda bu ko‘rsatkich 0,8 foiz, Kapital Plusda 1,8 foiz va Al Barotda 3,3 foizga teng. Pulmanda muammoli kreditlar ulushi 10 foiz, Zamondoshda 5,1 foiz bo‘lgan. Easy Finansda esa muammoli kreditlar ulushi 0 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mikromoliya tashkilotlaridagi muammoli kreditlar hajmi va ularning jami kredit portfelidagi ulushi haqida yozgan edik. 2026 yil 1-avgust holatiga sektordagi muammoli kreditlar hajmi 459,9 mlrd so‘mga yetgan, ularning jami kredit portfelidagi ulushi esa 2,6 foizni tashkil qilgan.

Теглар

Мавзуга оид