Banklarda muammoli kreditlar yana o‘smoqda

05.03.2026 | 19:262 дақиқа

Fevralda banklardagi qaytarilmayotgan kreditlar 1,3 trln so‘mga oshdi. Muammoli kreditlarning katta ulushi davlat banklari hissaga to‘g‘ri keldi.

Banklarda muammoli kreditlar yana o‘smoqda © © Foto: spot.uz

2026 yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, banklardagi jami kreditlar qariyb 610,4 trln so‘mni, shundan muammoli kreditlar (NPL) 19,4 trln so‘mni tashkil etmoqda. 

Yanvar oyi bilan solishtirganda muammoli kreditlar ulushi 1,3 trln so‘mga ortgan. Yanvarda jami kreditlar 604 trln so‘m, NPL esa 18 trln so‘m edi.

Fevralda NPL miqdori eng ko‘p davlat banklarida o‘sdi — 912 mlrd so‘m, xususiy banklarda esa — 394 mlrd so‘m.

Davlat banklarining atigi uchtasida muammoli kreditlar kamaygan: «Agrobank» (-4 mrld so‘m), «Xalq banki» (-6 mrld so‘m), «BRB» (-11 mlrd so‘m). 

Qolganlarida esa ko‘paygan: eng yuqori o‘sish “Asakabank” (168 mlrd so‘m) va “Aloqabank” (163 mlrd so‘m) hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Qaytarilmayotgan kreditlarning jami kreditlardagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich «Poytaxtbank»da — 33,8 foiz. «AVO bank» (9,8 foiz), «TBC Bank» (6,2 foiz) va «Soderat bank» (5,7 foiz) esa keyingi o‘rinlardan joy olgan.

Umumiy hisobda eng ko‘p «Apex bank» (-2 foiz) muammoli kreditlaridan qutulgan.

Hozirda muammoli kreditlari eng ko‘p banklar quyidagilar:

«Milliybank» — 3 trln so‘m;

«Agrobank» — 2,6 trln so‘m;

«SQB» — 2 trln so‘m;

«Asakabank» — 1,6 trln so‘m;

«Ipotekabank» — 1,3 trln so‘m;

«BRB» — 1,1 trln so‘m;

«Xalq banki» — 1 trln so‘m;

«Kapitalbank» — 1 trln so‘m;

«MKBANK» — 1 trln so‘m.

«Uzumbank», «Octobank» va «KDB Bank»da muammoli kreditlar ulushi nolga teng.

NPL'da so‘nggi bir yildagi vaziyat qanday?

2025 yilning fevral oyiga qaraganda, muammoli kreditlarning umumiy kreditlar ulushi 1,3 foizga kamaygan. O‘tgan yili fevralda NPL miqdori 23,8 trl so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shu yil fevralda bu ko‘rsatkich 4,4 trln so‘mlik pasayish qayd etgan.

Теглар

Мавзуга оид