Logo

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Бугун 17:402 дақиқа

Shuningdek, uning ukasi ham xuddi shunday jazoga loyiq deb topildi.

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Suriya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadni sirtdan o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Suriyaning rasmiy «SANA» agentligi xabar berdi.

Sud Asadni qasddan odam o‘ldirish, insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etish va qiynoqlar qo‘llashda aybdor deb topgan. Hukm sobiq prezident sudda ishtirok etmagan holda chiqarilgan.

O‘lim jazosiga, shuningdek, Asadning ukasi, hozirda Rossiyada yashayotgan Maher al-Assad va o‘tgan yilning yanvar oyida hibsga olingan, Suriya janubidagi Daraa viloyatining sobiq siyosiy xavfsizlik boshlig‘i Atef Najib ham hukm qilingan.

Najib Daraa viloyatidagi norozilik namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, uning jinoyatlari qatoriga qotillik, «15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qasddan o‘ldirish» va «o‘limga olib keluvchi qiynoqlar» kiradi.

Asad hokimiyati qulagan

Bashar Asad Suriyani 2000 yildan 2024 yil dekabriga qadar boshqargan. 2024 yil 8-dekabrda uning hukumati ag‘darilganidan so‘ng Asad mamlakatdan qochib ketgan va Rossiyadan boshpana olgan.

Suriyadagi yangi hokimiyat Asad hukmronligi davrida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha sobiq yuqori lavozimli amaldorlarni javobgarlikka tortish jarayonini boshlagan.

Asadning Rossiyadagi hayoti

Asad hukmronligi qulaganidan keyin Rossiya unga boshpana berdi. Moskva Asadning siyosiy va ommaviy faoliyat bilan shug‘ullanmasligi sharti bilan boshpana taqdim etganini Rossiya diplomatik manbalari tasdiqlagan.

Asadning keyingi hayoti haqida xorijiy nashrlar uning Moskvada nisbatan yopiq hayot kechirayotgani, rus tilini o‘rganayotgani va oftalmologiya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirayotganini yozgan. Asad hokimiyatga kelishidan oldin oftalmolog bo‘lgan.

Теглар

Мавзуга оид

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi | Vaqt.uz