Logo

Belarusdagi mojaro migratsiya tizimidagi qaysi tirqishlarni ochib berdi? | Fikr vaqti

Кеча 21:541 дақиқа

Migratsiya — O‘zbekiston uchun doimiy og‘riqli soha. Ammo qani endi bu siyosatga mas’ullar shu og‘riqni his qilib, to‘g‘ri, muammosiz ishlay qolsa. Soha rahbarlaridan biri qamaladi, qamalib chiqib yana jinoyatlarini davom ettiradi. Biri qidiruvda, boshqasining esa qimmatbaho «mramor go‘sht» mashmashasi bilan jamoatchilik oldida yuzi shuvut.

Shu kunlarda O‘zbekistonda migratsiya mavzusi yana muhokamalar markaziga chiqdi. Bu safar Belarusga yuborilgan andijonlik ishchilardan ba’zilari oylik maosh va sharoitlar borasida aldanganini aytib, tarmoqlarda shov-shuv ko‘tarishdi. Ularni Belarusda shaxsan Andijon viloyati hokimining o‘zi kutib olgani atrofidagi voqealar masalaning siyosiy va ijtimoiy ko‘lamini yanada kengaytirib yubordi.

Xo‘sh, bu safar o‘zi nima bo‘ldi, odamlar nega bu voqeada hokim va hokimlikni ayblamoqda va nega O‘zbekistonda migratsiya sohasini korrupsiyadan xoli, normal tizimga aylantirib bo‘lmayapti? «Fikr vaqti»ning navbatdagi sonida shu va boshqa savollarni migratsiya masalalari bo‘yicha huquqshunos Botirjon Shermuhammad va jurnalist Sanjar Said bilan birga muhokama qildik.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 113

Барчаси

Мавзуга оид