Logo

«Biz energetik shokni boshdan kechiryapmiz» — AQSH Moliya vaziri Ukrainaning Rossiyaga zarbalari haqida gapirdi

Бугун 08:001 дақиқа

Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirayotgan zarbalari hamda Eron atrofidagi harbiy mojaro xalqaro yoqilg‘i bozoridagi narxlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy bosim o‘tkazmoqda.

«Biz energetik shokni boshdan kechiryapmiz» — AQSH Moliya vaziri Ukrainaning Rossiyaga zarbalari haqida gapirdi

AQSH Moliya vaziri Skott Bessent Ukraina kuchlarining Rossiyadagi energetika obyektlari va neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari jahon energetika bozorida bosimni kuchaytirayotganini bildirdi. Bu haqda u «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

«Hozir biz energetik shokni boshdan kechiryapmiz... Ukrainadagi mojaro sabab, chunki Ukraina Rossiyaning energetika obyektlari va neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilishga qaror qildi», — dedi Bessent.

Uning ta’kidlashicha, bunday zarbalar butun dunyo bo‘ylab yoqilg‘i narxlariga bosim o‘tkazmoqda. Bessent bozordagi vaziyatga AQSHning Eron bilan harbiy mojarosi ham ta’sir qilayotganini qayd etdi.

Narxlar uchun ikki bosim

Bessent Eron atrofidagi mojaro yakunlansa, energiya narxlari pasayishini aytdi. Uning fikricha, bozor allaqachon ma’lum darajada pastlashni boshlagan.

So‘nggi vaqtlarda Ukraina uzoq masofali dronlar yordamida Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa energetika obyektlariga zarbalarni kuchaytirgan. Kiyev bunday hujumlar orqali Rossiya iqtisodiyotiga va harbiy salohiyatini moliyalashtirishga bosim o‘tkazishni ko‘zlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид