Logo

Bugun qaysi banklarda dollar ayirboshlash qulayroq?

Tijorat banklari 15-sentabr kuni uchun amalda bo‘ladigan dollarning yangi ayirboshlash kursini e’lon qildi.

Bugun qaysi banklarda dollar ayirboshlash qulayroq? © NGOC THANG

Markaziy bankning 15-sentabr uchun rasmiy kursi 1 AQSH dollari uchun 11 765,21 so‘m etib belgilangan. Bu avvalgi kun kursidan 0,55 so‘mga past. Tijorat banklarida esa ayirboshlash kurslari turlicha shakllangan.

Banklarga dollarini sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

«Anor Bank» — 11 755 so‘m;

«Orient Finans Bank» — 11 750 so‘m;

«Hayot Bank» — 11 740 so‘m;

«NBU» — 11 740 so‘m;

«Sanoat Qurilish Bank» — 11 740 so‘m;

«Turonbank» — 11 740 so‘m.

Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:

«Aloqabank» — 11 770 so‘m;

«Asia Alliance Bank» — 11 790 so‘m;

«Asakabank» — 11 790 so‘m;

«Kapitalbank» — 11 795 so‘m;

«Universalbank» — 11 800 so‘m;

«APEX BANK» — 11 800 so‘m;

«Ipak Yuli Bank» — 11 800 so‘m;

«Trastbank» — 11 800 so‘m;

«Xalq banki» — 11 800 so‘m.

Qolgan ko‘plab banklarda dollarni sotish kursi 11 810–11 820 so‘m atrofida shakllangan.

Tijorat banklaridagi valuta kurslari kun davomida o‘zgarishi mumkin. Shu sababli ayirboshlashdan oldin bankning rasmiy sayti yoki mobil ilovasidagi amaldagi kursni tekshirish lozim.

Теглар

Мавзуга оид