Logo

Chilonzordagi Anhor kanalining 1,7 kilometrlik qismida yangi sayilgoh barpo etiladi

Бугун 17:561 дақиқа

Loyihada veloyo‘laklar, piyodalar yo‘laklari, ko‘priklar va 500 dan ortiq daraxt ekish ko‘zda tutilgan.

Chilonzordagi Anhor kanalining 1,7 kilometrlik qismida yangi sayilgoh barpo etiladi © Foto: president.uz

Toshkentning Chilonzor tumanida Anhor kanalining Bunyodkor ko‘chasidan Naqqoshlik ko‘chasigacha bo‘lgan 1,7 kilometrlik qismida yangi sayilgoh tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Loyihani 2027-yilning may oyida yakunlab, sayilgohni foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda. Unga muvofiq, kanal bo‘ylab umumiy uzunligi 3,4 kilometrni tashkil etuvchi velosiped va piyodalar yo‘laklari, shuningdek, kanalning ikki qirg‘og‘ini o‘zaro bog‘lovchi uchta ko‘prik quriladi.

Bundan tashqari, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qirg‘oqlar bo‘ylab himoya panjaralari o‘rnatilishi hamda hududga 500 dan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilish jarayoni va boshqa loyihalar

Hozirga qadar kanal o‘zanining 500 metrdan ortiq qismida betonlash ishlari bajarilgan. Qurilish va obodonlashtirish jarayoniga 100 nafarga yaqin ishchi hamda 12 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Avvalroq Yunusoboddagi Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘ida piyodalar sayilgohi, alohida veloyo‘lak, dam olish joylari, kichik pirslar, eshkak eshish markazi va restoranlar qurilishi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид