Elektromobillar ulushi oshib, mahalliy avtomobillar qisqarmoqda

Бугун 10:552 дақиқа

O‘zbekiston avtomobil bozorida elektromobillar ulushi tez o‘smoqda. Ayni paytda ayrim ommabop mahalliy avtomobillar narxi barqaror saqlanayotgan bo‘lsa, ba’zi modellarda pasayish kuzatilmoqda.

Elektromobillar ulushi oshib, mahalliy avtomobillar qisqarmoqda © vaqt.uz

2024 yil iyun oyida jami takliflarda elektromobillar ulushi 5,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yil apreliga kelib bu ko‘rsatkich 10 foizga yetgan. Shu bilan birga, mahalliy avtomobillar ulushi 53,7 foizdan 47 foizgacha qisqargan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti e’lon qilgan hisobotda ko‘rish mumkin.

1


Hisobot OLX platformasidagi ochiq e’lonlar asosida tayyorlangan bo‘lib, 5 yildan ortiq foydalanilgan yoki ma’lumotlari noto‘g‘ri kiritilgan avtomobillar hisobga olinmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida ikkilamchi bozordagi jami e’lonlar soni mart oyiga nisbatan 18,6 foizga kamayib, 13,5 mingtani tashkil etdi. Biroq bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 60 foiz yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

2


Avtomobillar narxi o‘zgarishi

Mahalliy ommabop avtomobillar segmentida «Cobalt» narxi deyarli o‘zgarmagan va uning median bahosi 12,9 ming dollar atrofida saqlanib qolgan. «Onix» narxi esa 14,8 ming dollargacha oshgan. «Damas», «Labo» va «Nexia» kabi modellarda esa arzonlashish kuzatilgan.

3


Xorijiy avtomobillar bozorida vaziyat turlicha shakllangan. Ayrim «Chery» va «Kia» modellari arzonlashgan bo‘lsa, lyuks segmentdagi «Karnival» va «Sorento» avtomobillari qimmatlashgan.

4


Elektromobillar segmentida «BYD Seagull» 15,5–16 ming dollar, «Yuan Up» 20–21,5 ming dollar, «Chazor» esa 20,5–22 ming dollar atrofida baholanmoqda.

5


Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida «Lacetti» va «Cobalt» narxlari asosan barqaror qolgan yoki pasaygan. «Malibu» va «Tracker» modellarida esa narxlar keskin o‘zgarib turgani qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид