Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Бугун 13:502 дақиқа

O‘zbekistonda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga MyGov orqali onlayn o‘tkazish xizmati ishga tushirildi.

Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin © my.gov.uz

O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlarini raqamlashtirish doirasida yangi qulaylik joriy etildi. Endi foydalanuvchilar o‘z mobil telefon raqamlarini boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda o‘tkazishi mumkin. Bu haqda MyGov portali ma’lum qildi.

Avvalgi tartibga ko‘ra, raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon — amaldagi ega va yangi egalik qiluvchi shaxs — mobil operator ofisiga shaxsan borishi, navbat kutishi va tegishli hujjatlarni imzolashi lozim edi.

Amallar ketma-ketligi

Endi barcha jarayonlar raqamlashtirildi. Foydalanuvchi MyGov portali yoki uning mobil ilovasi orqali «Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish» xizmatini tanlab, kerakli ma’lumotlarni kiritishi va ariza yuborishi mumkin.

Ariza berish jarayonida har ikki tomonning roziligi talab etiladi. Bu rozilik MyID biometrik identifikatsiya tizimi orqali Face-ID usulida tasdiqlanadi. Bu esa xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlaydi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati 1 kundan 5 kungacha etib belgilangan. Bu esa foydalanuvchilar uchun vaqt tejash imkonini yaratadi.

Ushbu qulaylik cheklanganmobil operatorlari abonentlari uchun

Hozir mazkur xizmat Uztelecom, Beeline va Mobiuz mobil operatorlari abonentlari uchun mavjud. Qolgan operatorlar uchun ham xizmat bosqichma-bosqich joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, xizmat uchun to‘lov miqdori har bir mobil operatorning tarif siyosatiga bog‘liq ravishda belgilanadi. Ayrim hollarda, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasida raqamni o‘tkazish bepul amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 22-apreldan mobil ilovalar yoki bank kartalariga biriktirilgan telefon raqami o‘zingizga tegishli bo‘lmasa, belgilangan muddatdan keyin ushbu raqam orqali ilovadan foydalanish imkoni cheklanadi.

Теглар

Мавзуга оид