Logo

Eng ko‘p soliq qarzdorligiga ega ishlab chiqarish korxonalari nomi ma’lum qilindi

Бугун 17:331 дақиқа

O‘zbekistonda 100 mln so‘mdan ortiq soliq qarziga ega ishlab chiqarish korxonalari soni 1 343 taga yetdi.

Eng ko‘p soliq qarzdorligiga ega ishlab chiqarish korxonalari nomi ma’lum qilindi © Foto: lunainc

2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari soni 1 343 tani tashkil etdi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu korxonalarning jami soliq qarzi 2,2 trln so‘mga yetgan.

E’tiborlisi, umumiy qarzdorlikning 528,9 mlrd so‘mi yoki 24 foizi soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan atigi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu yirik qarzdorlikning oz sonli kompaniyalarda jamlanganini ko‘rsatadi.

Eng katta soliq qarziga ega korxonalar reytingida Toshkent viloyatidagi «Silikon Color» MCHJ 75,5 mlrd so‘m bilan birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda «Eyvalek-Technology» MCHJ — 63 mlrd so‘m va «Elite Handel Invest» MCHJ — 62,4 mlrd so‘m soliq qarzi bilan qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng katta soliq qarzi Andijon viloyati hisobiga to‘g‘ri kelgan. Viloyatdagi 149 ta ishlab chiqarish korxonasining jami soliq qarzi 502,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati joylashgan bo‘lib, bu yerda 216 ta korxonaning soliq qarzi 425,5 mlrd so‘mga yetgan. Uchinchi o‘rinni esa Toshkent shahri egallab, 146 ta korxonaning umumiy qarzi 242,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Keyingi o‘rinlarda Jizzax viloyati — 128,5 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati — 125,5 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 134,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik bilan qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид