Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

11.03.2026 | 17:042 дақиқа

Markaziy bank 2026 yil 10-mart holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank 2026 yil mart oyi ikkinchi haftasi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar foiz stavkalari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,6 foiz darajasida qayd etildi.

1

Mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavka o‘tgan haftada ham 29,6 foiz edi, avtokreditlar bo‘yicha esa biroz pastroq 22,5 foizni tashkil etgandi.

Mikrokreditlar

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 22,4 foiz bilan «Aloqabank» tomonidan taklif etilmoqda. Undan keyin «Infinbank» 24,4 foiz va «Trastbank» 24,6 foiz stavka bilan nisbatan maqbul shartlarni taqdim etmoqda.

O‘rta segmentda bir qator yirik banklar 25–27 foiz atrofida kredit ajratmoqda. Xususan, «BRB»da 25,1 foiz, «Milliy bank»da 25,3 foiz, «Ziraat bank» va «OFB»da 26,2 foiz darajasida stavkalar shakllangan. Shuningdek, «Asakabank» 26,7 foiz, «Kapitalbank» 27,0 foiz va «SQB» hamda «Mikrokreditbank» 27,5 foiz stavka bilan kredit taklif qilmoqda.

2

Yuqori segmentda esa stavkalar ancha yuqori. «TBC bank»da 39,8 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 42,1 foiz va «Tenge bank»da 42,6 foiz darajasida mikrokreditlar ajratilmoqda. Bu esa bozorda kredit narxi bank siyosati va mahsulot turiga qarab sezilarli farq qilayotganini ko‘rsatadi.

Avtokreditlar

Avtokreditlar segmentida eng past stavka 16,4 foiz bilan «Ipoteka bank»da qayd etildi. Shuningdek, «Infinbank» 16,8 foiz, «Apex bank» 18,3 foiz va «Davr bank» 18,5 foiz stavka bilan nisbatan arzon kreditlar taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar 22–24 foiz atrofida shakllangan. Masalan, «Aloqabank» 22,1 foiz, «Asia Alliance bank» va «OFB» 22,5 foiz, «SQB» 23,6 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda. Shuningdek, «Milliy bank»da 23,7 foiz, «Asakabank»da 23,9 foiz va «Agrobank»da 24,7 foiz darajasida kreditlar taklif etilmoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25–28 foiz oralig‘ida. Xususan, «Turon bank» 25,1 foiz, «Trastbank» 25,6 foiz, «Ziraat bank» 26,2 foiz, «Mikrokreditbank» 27,7 foiz va «Madad Invest bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit taqdim etmoqda. Umuman olganda, yangi haftada avtokreditlar o‘rtacha foizi nisbatan past darajada saqlanib qoldi.

Теглар

Мавзуга оид