Farg‘onada narkotik sotishni rejalashtirgan aka-ukalarning qo‘lga olindi

Бугун 10:361 дақиқа

Farg‘ona va Navoiyda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi giyohvand moddalar va yashirin laboratoriya aniqlandi.

Farg‘onada narkotik sotishni rejalashtirgan aka-ukalarning qo‘lga olindi

Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta hajmdagi narkotik moddalar fosh etildi va bir necha shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro tekshirilganda, uning sumkasidan 5 bo‘lakdan iborat jami 4 kg 463 gramm gashish moddasi topildi.

Tergov davomida mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan uning 1990 yilda tug‘ilgan ukasi ham ushlandi. U muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, aka-ukalar Afg‘onistondan kontrabanda qilingan narkotiklarni Farg‘ona hududida sotishni rejalashtirgan.

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Navoiy shahrida o‘tkazilgan alohida tezkor tadbirda esa 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi.

Uning yonidan gashish moyi va gashish moddalari topildi. Keyinchalik uning yashash manzili ko‘zdan kechirilib, u yerda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.

Xonadondan jami o‘nlab ampula, shpritslar, izolentaga o‘ralgan gashish, 640 gramm gashish moyi va boshqa vositalar musodara qilindi. Ushbu shaxsga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Теглар

Мавзуга оид