Logo

«G‘o‘daygan, o‘zidan ketganlar bu ishni qiladi» — Saida Mirziyoyeva

Бугун 12:111 дақиқа

Prezident administratsiyasi rahbari Toshkentdagi qurilishlar tufayli umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari yo‘q qilib yuborilayotganini tanqid qildi.

«G‘o‘daygan, o‘zidan ketganlar bu ishni qiladi» — Saida Mirziyoyeva © Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi «Lolazor» mahallasiga tashrif buyurib, mahalla ahli eggan daraxtlar kesib tashlangani va bolalar maydonchasi o‘rnida biznes markazi qurish rejalashtirilganini tanqid qildi.

Uning ta’kidlashicha, poytaxtda qurilishlar tufayli umumiy hovlilar, bolalar va sport maydonchalari yo‘q qilinishiga oid murojaatlar ko‘paygan.

«Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti.

Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi», - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Теглар

Мавзуга оид