Hilola Umarova universitetga rektor etib tayinlandi

17.02.2026 | 09:331 дақиқа

Prezident administratsiyasidagi ishidan olingan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari va universitetga rektor bo‘ldi.

Hilola Umarova universitetga rektor etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Hilola O‘ktamovna Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi.

Hilola Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Jumladan, 2019 yilda Toshkent shahridagi INHA universitetida bosh menejer bo‘lgan. 2020 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori etib tayinlangan. Shu yilning o‘zida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga o‘tib, 2022 yilgacha ushbu vazifani bajargan.

2023–2025 yillarda u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida ish yuritgan. 2025 yil iyul oyida esa Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, shu munosabat bilan vazirlik lavozimidan ozod etilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид