Imomali Rahmon Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tet-a-tet formatidagi muzokaralari boshlandi.

Imomali Rahmon Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

1

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Tojikiston madhiyalari yangradi.

2

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining muzokaralari boshlandi.

Tet-a-tet uchrashuv

Oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat rahbarlarining tet-a-tet uchrashuvi bilan boshlandi.

3

O‘zbekiston prezidenti mazkur tashrif Imomali Rahmonning ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga yangi ilhom olib kelishiga ishonch bildirdi.

4

Imomali Rahmon esa Toshkentga taklif uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, samimiy kutib olish va Tojikiston hamda O‘zbekiston o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqdoshlik ruhida do‘stona munosabatlar hamda ko‘pqirrali hamkorlikni barqaror mustahkamlash va kengaytirish jarayonini yuqori baholadi.

Теглар

Мавзуга оид