Logo

Isroil AQSH-Eron muzokaralaridan nega norozi va Rossiya yangi yurishga tayyorlanyaptimi? | Fikr vaqti

Shveysariyadagi AQSH–Eron sulhi hali kuchga kirmay turib Yaqin Sharq yangi keskinlik yoqasida. Ukrainaning dron zarbalari Qrimda benzin inqirozini boshlab yubordi. Isroilning Livanga zarbasi va Eronning Hormuz bo‘g‘ozini bloklashi Oq uy rejalariga xavf solayotgan bir paytda, Rossiya-Ukraina urushi sof iqtisodiy xarakterga ko‘chmoqda.

Shu kunlarda butun dunyo nigohi geosiyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan ikki yirik olovli nuqtaga qaratilgan. Voqealar rivoji shu qadar tezlashib ketdiki, Shveysariyada AQSH va Eron o‘rtasida urushni tugatish bo‘yicha uzoq kutilgan tinchlik kelishuviga erishilgani haqidagi xabarlar siyohi qurimasidan, vaziyat battar chigallashdi. Isroilning Livanga bergan keskin zarbalari ortidan Eron jahon savdosining hayotiy arteriyasi bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini bloklab qo‘ydi.
 
Ikkinchi tomondan esa, front chizig‘idan minglab kilometr uzoqda – Rossiya ichkarisidagi neftni qayta ishlash zavodlari va yonilg‘i omborlariga Ukraina dronlarining hujumlari kuchaydi. Zarbalarning oqibati o‘laroq, so‘nggi uch kun ichida Qrimda oddiy aholiga benzin sotish rasman cheklab qo‘yilgan.
 
Xo‘sh, Shveysariyadagi tinchlik muzokaralari taqdiri oxir-oqibat nima bilan tugaydi? Eron sulhda Livandagi Hizbulloh himoyasini nega birinchi planga chiqarmoqda? Eng muhimi, Rossiya ichkarisidagi neft infratuzilmasiga berilayotgan zarbalar front chizig‘idagi real vaziyatni va mamlakat ichidagi ijtimoiy-psixologik kayfiyatni qanchalik o‘zgartira oladi?
 
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida siyosatshunoslar — Jahongir Akramov va Muxtor Nazirov bilan ayni shu savollar atrofida gaplashdik.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 105

Барчаси

Мавзуга оид