Logo

Jarima ballari 12 baldan oshgan haydovchilar soni 671 nafarga yetdi

Бугун 11:551 дақиқа

Endi ular sud tartibida transportni boshqarish huquqidan kamida olti oyga mahrum qilishini mumkin.

Jarima ballari 12 baldan oshgan haydovchilar soni 671 nafarga yetdi © vaqt.uz

O‘zbekistonda 671 nafar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 12 balldan ortiq jarima to‘pladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 12 balldan ortiq jarima to‘plagan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan kamida olti oy muddatga mahrum qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, hisobot davrida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari 399 269 nafar fuqaroga ma’muriy ogohlantirish bergan.

Eng ko‘p qoidabuzarliklar

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p qayd etilgan huquqbuzarliklar xavfsizlik kamarini taqmaslik, rulda telefondan foydalanish va video tomosha qilish bilan bog‘liq holatlar bo‘ldi.

Shuningdek, tezlikni oshirish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi ham eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar qatoriga kirdi.

19-may holatiga ko‘ra, 12 balldan ortiq jarima to‘plagan haydovchilar soni 107 nafarni tashkil etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-iyuldan jarima ballari yo‘l-patrul xizmati xodimlari rasmiylashtirgan bayonnomalar asosida hisoblana boshladi. 2026-yil 1-apreldan esa avtomatik kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar ham ushbu tizimga kiritildi.

Shuningdek, fevral oyidan ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmaslik, telefondan foydalanish, texnik ko‘rikdan o‘tmaslik, sug‘urtasiz harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish kabi holatlarda fuqaro yil davomida bir marta ogohlantirish olishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид

Jarima ballari 12 baldan oshgan haydovchilar soni 671 nafarga yetdi | Vaqt.uz