Logo

Markaziy bank 23 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi

Кеча 15:062 дақиқа

Regulyatorning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan 7 ta yig‘ilishda jami 34 ta masala ko‘rib chiqilib, 21 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Markaziy bank 23 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning iyun oyida 7 ta yig‘ilish o‘tkazilib, jami 34 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Regulyatorga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan masalalarning 22 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (6 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etish (3 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (5 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (4 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Qolgan 12 ta masala esa kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid bo‘ldi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari hamda taqsimlanmagan foydani taqsimlash masalalari muhokama qilindi.

Markaziy bankka ko‘ra, qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmaganligi, shuningdek inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 21 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi hamda o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi uchun 23 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Теглар

Мавзуга оид