Oliy attestatsiya komissiyasining raisi lavozimidan ozod etildi

Бугун 11:212 дақиқа

Oliy attestatsiya komissiyasini 11 yil davomida boshqargan Ahmadbek Yusupov lavozimidan ozod etildi.

Oliy attestatsiya komissiyasining raisi lavozimidan ozod etildi © Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Ahmadbek Todjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi.

U 2015 yil 11-noyabrdan buyon mazkur tuzilmaga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Shu tariqa u mamlakatda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar tizimi uchun mas’ul bo‘lgan idorani o‘n yildan ortiq vaqt boshqargan rahbarlardan biri sifatida faoliyat yuritdi.

Tizimda yangi o‘zgarishlar

25-may kuni Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimotda qator tashabbuslarni ilgari surgan edi. Taqdim etilgan takliflar orasida Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy ta’lim vazirligi tizimidan chiqarib, Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazish tashabbusi ham bo‘lgan.

OAK raisining asosiy vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlarini o‘z muddatida samarali va natijali ijro etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini taaluqliligi bo‘yicha muddatida sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

OAKning ekspert kengashlari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida OAK qarorlarini, ilmiy darajalar berish to‘g‘risidagi diplomlarni va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi;

OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

OAK apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Zaruriyat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, OAK apparatining shtat jadvalini, shuningdek OAK apparati xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Теглар

Мавзуга оид