Logo

O‘zbekiston 8 oyda 2,75 mlrd dollar yoqilg‘i import qildi

2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston sanoatida ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi o‘zgardi. Shu davrda yoqilg‘i resurslari ishlab chiqarish, ularning eksporti va importi bo‘yicha ham turli ko‘rsatkichlar qayd etildi. Import eksportdan 1,69 mlrd dollarga ko‘p.

O‘zbekiston 8 oyda 2,75 mlrd dollar yoqilg‘i import qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki 8 oyida yoqilg‘i resurslarini import qilish hajmi 7,2 foizga, eksport qiliish hajmi esa 4,3 foizga oshdi.Import ko‘rsatgichi Eksportga qaraganda 1,69 mlrd dollarga ko‘p.

Yoqilg‘i eksportida o‘sish va pasayish

2026-yil yanvar–avgust oylarida mineral yoqilg‘i, moylash va shunga o‘xshash materiallar eksporti 1,06 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foiz ko‘p.

Eksportda neft mahsulotlari 593,1 mln dollarga yetib, 46,3 foizga ortdi. Tabiiy yoki sun’iy gaz eksporti aksincha 34,8 foizga kamayib, 322,3 mln dollarni tashkil etdi.

Elektr toki eksporti 139,2 mln dollar, ko‘mir, koks va briketlar eksporti esa 2,3 mln dollar bo‘lib, mos ravishda 25,2 va 11,4 foizga ko‘paygan.

1



Importda neft va gaz asosiy ulushni egalladi

Dastlabki 8 oyda 2,75 mlrd dollar mineral yoqilg‘i, moylash va shunga o‘xshash materiallarni import qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga, import hajmi esa eksportdan 1,69 mlrd dollarga ko‘p.

Neft mahsulotlari importi 1,35 mlrd dollarni tashkil etib, 3,2 foizga ortdi. Yoqilg‘i va moylash mahsulotlari importi 1,02 mlrd dollar bo‘lib, 1 foizga pastladi.

Import qilingan benzin qiymati 437,4 mln dollarga yetgan va 48,6 foizga oshgan. Dizel importi esa 179,5 mln dollarni tashkil etib, 12,3 foizga kamaygan.

Tabiiy yoki sun’iy gaz importi 1,21 mlrd dollar bo‘lib, 15,2 foizga oshgan. Suyultirilgan gaz (propan) 124,3 mln dollarga yetib, 3,5 barobar ortdi.

Ko‘mir, koks va briketlar importi 124,9 mln dollar bo‘lib, 0,2 foizga yetdi. Elektr energiyasi importi esa 57,5 mln dollarni tashkil etib, 24,1 foizga kamaygan.

2



Sanoatda ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi

2026 yil yanvar–avgust oylarida sanoatda ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi o‘zgardi. Yirik sanoat korxonalarida tabiiy gaz ishlab chiqarish 2025 yilning yanvar–avgust oylaridagi 28,9 mlrd kub metrdan 2026 yilning mos davrida 24,2 mlrd kub metrga tushib, 16,3 foizga kamaydi.

Neft ishlab chiqarish hajmi 434,5 ming tonnadan 425 ming tonnaga, ko‘mir ishlab chiqarish esa 4,9 mln tonnadan 4,4 mln tonnaga kamaygan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarilishi 775,7 ming tonnadan 811,3 ming tonnaga, dizel yoqilg‘isi 786,6 ming tonnadan 834,3 ming tonnaga oshgan. Portlandsement ishlab chiqarish ham 13,8 mln tonnadan 14,1 mln tonnaga ko‘paygan.

Avvalroq, Milliy statistika qo‘mitasi 2026-ilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd dollarni tashkil etganini ma’lum qildi.

Hasanov Kamron

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekiston 8 oyda 2,75 mlrd dollar yoqilg‘i import qildi | Vaqt.uz