O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi aniqlandi

Бугун 09:271 дақиқа

Umumiy baxtlilik indeksida oilalarning iqtisodiy farovonligi, ish bilan ta’minlanganligi, ta’lim imkoniyatlari, sog‘lom turmush tarzi va davlat xizmatlaridan qoniqish darajalari o‘rganildi.

O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi aniqlandi © olphoto.ru

«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026 yil mart–aprel oylarida respublika hududlarida 12 ming 697 nafar respondent ishtirokida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. O‘zbekistondagi oilalarning umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil etdi.

Baholash indeksi

Tadqiqot metodikasiga ko‘ra, baxtlilik indeksi –1 dan +1 gacha bo‘lgan oraliqda baholanadi. +0,5 dan +1 gacha bo‘lgan natija «yuqori», 0 dan +0,49 gacha bo‘lgan ko‘rsatkich esa «o‘rta» daraja sifatida qabul qilinadi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston oilalarining umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballga yetgan. Bu mamlakatdagi oilalar o‘z hayotidan qoniqish darajasi yuqori ekanini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, oilalarning baxtlilik indeksi 2023-yilda – 0,560 ballni, 2025-yilda esa 0,611 ballni tashkil etgan. So‘nggi to‘rt yil davomida oilalarning baxtlilik indeksi o‘rtacha +0,058 ballga oshgan.

photo_2026-05-14_08-53-44

Manba: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti

Tadqiqotda ayniqsa oilaviy qadriyatlar, demografik barqarorlik va oilaviy hayotdan mamnunlik eng yuqori baholangan yo‘nalishlar sifatida qayd etildi. Shuningdek, ta’lim olish imkoniyatlari, ish bilan ta’minlanganlik va davlat xizmatlaridan qoniqish ko‘rsatkichlarida ham so‘nggi yillarda o‘sish kuzatilgan.

Avvalroq Jahon baxt indeksini o‘lchovchi «World Happiness Report 2025» yilgi hisobotida O‘zbekiston dunyo bo‘yicha 53-o‘rinni egallagan edi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa mamlakat Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид